Kasaba uyushmalari hamkorligidagi obodonlashtirish ishlari

Nurota tumanida "Tozalik va obodonlashtirish oyligi”ni tashkil etish hamda aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida joriy yilning 18-19 fevral kunlari Nurota tumanidagi mahallalardagi korxona, tashkilot va aholi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar birlashma xodimlari tomonidan o‘rganildi va ularga amaliy yordamlar berildi.
Nurota tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvvatlash bo‘limi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlari (10 nafar) hamda sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tumanda obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi hamda mahallalar kesimida ishchi guruhlar tashkil etildi.
Dastlab, tumandagi 8 ta mahalla (Bo‘diq, Mustaqillik, Mirishkor, Oqmachit, Eshon Sudur, Ibn Sino, Nurfaxr, Istiqbol)da ishchi guruhlari mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligida mas’ul etib biriktirilib, ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan xonadonlar egalariga tavsiyalar berildi.
Avvalambor xududdagi har bir mahalla binosi saqlanishi va xududidagi yer maydonida obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratildi. "Bo‘diq”, "Istiqbol” mahallalar uchun ajratilgan binolar eskirib, bugungi kun talabiga javob bermaydi, ushbu mahallalar qariyb 40 yil oldin qurilgan bo‘lib, ishlash uchun sharoitlar yetarlicha emas.
"Mustaqillik” MFY joylashgan bino bugungi kunga qadar tuman sog‘liqni saqlash tasarrufida bo‘lib, binoning old fasad qismi ayanchli ahvolda, ta’mirtalab bo‘lib qolgan, binoni ta’mirlash bo‘yicha kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan yordam berilishi bo‘yicha kelishib olindi, shuningdek, binoni mahalla balansiga o‘tkazish bo‘yicha taklif berildi. Shu kuni ushbu mahallada yo‘llarni tosh va shag‘al tashlashga tayyorlash uchun qurilish texnikalari ishlayotganligi guvohi bo‘ldik va "Mustaqillik” mahallasining oxirigacha yo‘llarni tekislash bo‘yicha kelishib olindi.
Shu kunning o‘zida tumandagi 200 dan ortiq xonadonlarning tashqi qismlarini tozalash, ortiqcha buyumlarni olish, tomorqa madaniyati bo‘yicha yerlarni ag‘darib, daraxt, ko‘chatlar ekish, daraxtlarga shakl berish hamda ariqlarni tozalash bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Jumladan, tumandagi "Istiqbol”, "Mustaqillik”, "Mirishkor”, "Oqmachit” va "Bo‘diq” mahallalaridagi ayrim aholi xonadonlari va ijtimoiy ob'yektlar yerlari to‘liq ag‘darilmagan, daraxtlar va devorlar oqlanmagan, ariqlar va tomorqa yerlari xas-xashaklardan tozalanmagan, xonadon atrofidagi chiqindilar to‘liq olinmaganligining guvohi bo‘ldik. Bu xonadonlarda eng katta muammo bu oqova suv yo‘qligi sababli ekilgan ekinlar ko‘karmasligini, yerlar cho‘llashini hamda daraxtlar tez rivojlana olmay qurib ketishidir. Shuningdek, ushbu mahallalardagi yo‘llar talabga javob bermasligi, qum tuproq bo‘lib, yog‘ingarchilik kunlarida fuqarolarga kirib-chiqishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
"Bo‘diq”, "Istiqbol” mahallalar uchun ajratilgan binolar eskirib, bugungi kun talabiga javob bermaydi, ushbu mahallalar qariyb 40 yil oldin qurilgan bo‘lib, ishlash uchun sharoitlar mavjud emas.
Shu bilan birga ko‘pgina korxona, tashkilotlar va tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli xududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilib, atroflari tozalanib, daraxt va ko‘chatlar ekilyapti.
O‘rganilgan xonadon va ob'yektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, muddat belgilab berildi.


© 2016 Íàâîèé âèëîÿò êàñàáà óþøìàëàðè òàøêèëîòëàðè áèðëàøìàñè
Îðòãà қàéòèø