Navoiy viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniy-marifiy va sport ishlari bo‘limining tashabbusi bilan joriy yilning 26 fevral kuni birlashma apparati xodimlari va mas’ul tashkilotchilar ishtirokida NDPI qoshida tashkil etilgan "Qatag‘on qurbonlari" muzeyida navbatdagi "Ma’rifat soati” tashkil etildi. Muzey insonlarning o‘tmishi bilan yaqindan tanishishi mumkin bo‘lgan eng muqaddas maskan. Unga ko‘pincha o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik deb ta’rif beriladi. Albatta, har birimiz o‘z tariximizni va qadriyatlarimizni bilishimiz zarur.
Tashrif chog‘ida muzey xodimlari tomonidan mazkur muzey tarixi, unga asos solinishi, paxta ishi, chor va sho‘ro mustamlakachiligi davrining fojeali o‘tmishlari haqida so‘zlab eksponantlar bilan yaqindan tanishtirdi. Ajdodlarimiz tarixi bilan yaqindan tanishgan tadbir ishtirokchilar tinchlik va osoyishtalik qadri naqadar ulug‘ ekanligini yana bir bora his qilishdi.