DAVRA SUHBATI

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi faollar zalida "Kasaba uyushmalari faoliyati, jamoa shartnomalari tuzish tartibi, kasaba uyushmalariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat kengashining mas’ullari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi. Davra suhbatida "Kasaba uyushmasi organlarida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqish tartibi” to‘g‘risida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori A.Raxmatov, "Kasaba uyushmalari faoliyati va jamoa shartnomlari, kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar” to‘g‘risida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Olim Bobomurodov, "Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A. Bobomurodova, "Jamoa shartnomalarida mehnatni muhofza qilish bo‘limi” to‘g‘risida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim mudiri X,Eshonqulov kabilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob olishdi.


© 2016 Íàâîèé âèëîÿò êàñàáà óþøìàëàðè òàøêèëîòëàðè áèðëàøìàñè
Îðòãà қàéòèø