️7 oktabr – Butunjahon munosib mehnat kuni har yili dunyo bo‘ylab mehnat huquqlari va ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida nishonlanadi.
Ushbu kunda turli tadbirlar, seminarlar va aksiyalar o‘tkaziladi, odamlarga munosib mehnatning ahamiyati haqida ma’lumot berish, ishchilarning huquqlarini himoya qilish va global miqyosda ijtimoiy adolatni ta’minlash uchun harakat qilishga chaqirish maqsad qilingan.
️Sana munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan joriy yilning 8 oktabr kuni "Munosib mehnat-munosib hayot asosidir” mavzuida seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat kengashi raislari, mas’ul tashkilotchisi, Milliy monitoring hududiy ishchi guruhlari a’zolari, viloyat kasaba uyushmasi mehnat inspektori, Viloyat savdo sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi hamda yirik korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
️Unda ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, adolatli va munosib mehnatni ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish, samarali bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish, xodimlarning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash, qolaversa mehnat munosabatlari ishtirokchilarining ijtimoiy muloqoti va ijtimoiy hamkorligini kuchaytirishga e’tibor qaratilayotganligi kelgusida bu vazifalarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tishdi. Seminar so‘ngida yig‘ilganlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.