HADYA SHARTNOMASINI SHAKLI VA TUZISH TARTIBI

Sudlar va kasaba uyushmalari doimiy ravishda hamkorlikda tadbirlar o‘tkazadi. Har ikki soha ham juda qiziqarli va o‘ta mas’uliyatlidir. Bunga faoliyatimiz misolida ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, ish jarayonida turli savollar bilan murojaat qiladigan fuqarolar ham uchrab turadi. Bugungi maqola ham ayni shu savoldan kelib chiqib yozildi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-bobi hadya shartnomasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu bobda hadya shartnomasini shakli, uni tuzish, bekor qilish haqida batafsil malumotlar mavjud.
Fuqarolik kodeksining 502-moddasida belgilanishicha Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi. Ushbu moddadan anglanilishicha hadya shartnomasi bo‘yicha nafaqat ashyo mulk qilib beriladi balki ashyoga bo‘lgan mulk huquqi berilishi yoki mavjud bo‘lgan majburiyatdan qarzdorni ozod qilinishi ham hadya bo‘lishi mumkin ekan.
Hadya qiluvchi faqat o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mulknigina hadya oluvchiga hadya qilishga haqli.
Hadya shartnomasi mulk huquqining bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishini nazarda tutuvchi bitimlar toifasiga kiradi.
Hadya shartnomasi tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Muayyan bir haq yoki naf evaziga tuzilgan hadya shartnomasi hadya deb tan olinmaydi.
Bundan tashqari, ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo‘lganida bunday shartnoma ham hadya deb tan olinmaydi va bundan shartnomalarga Fuqarolik kodeksining bitimni haqiqiy emas deb nomlangan normalari qo‘llaniladi.
Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq ko‘rsatilishi lozim. Hadya qiluvchi o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Shuningdek hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Amaldagi Fuqarolik kodeksi normalari hadya shartnomasini tuzish shakliga bir qancha talablarni qo‘yadi. Misol uchun bazi hadya shartnomalarni og‘zaki tuzish mumkin.
Lekin ko‘char mulkni hadya qilish shartnomasi:
hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;
fuqarolar o‘rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
shartnomada kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Yani bu kabi shartnomalarni og‘zaki tuzilishi uning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
Shunday hadya shartnomalari bo‘ladiki, ularni tuzilishi aloxida xususiyatga ega.
Masalan ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Shuni unutmaslik kerakki hadya shartnomasiga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishi hadya shartnomasini xaqiqiy emasligiga olib keladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi sudyasi G’ayrat Yakubov 


© 2016 Íàâîèé âèëîÿò êàñàáà óþøìàëàðè òàøêèëîòëàðè áèðëàøìàñè
Îðòãà қàéòèø