So‘nggi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasi yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida ta’kidlash lozim.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashiga fuqaro Oliya Po‘latova tomonidan, 1973-1993 yillar davomida "Karmana ipak qurti urug‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab, 1993 yildan buyon kasb kasalligi bo‘yicha mehnat qobiliyatini 70%ga yo‘qotib, unga II guruh nogironligi belgilanganligi, ammo jamiyat tomonidan unga 2023 yil may oyidan bugungi kunga qadar sababsiz to‘lanmayotgan zarar to‘lovlarini undirish bo‘yicha murojaat qildi.
Viloyat Kengashining Mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaro O.Po‘latovaning murojaati bo‘yicha joriy yilning 8 avgust kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga "Karmana ipak qurti urug‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan fuqaro O.Po‘latovaga zarar to‘lovlari, ya’ni oyma-oy to‘lanishi shart bo‘lgan to‘lovlarni undirilishi to‘g‘risida” da’vo arizasi kiritilib, odil sud tomonidan da’vo ariza qanoatlantirildi.
2025 yil 25 avgustdagi Hal qiluv qaroriga muvofiq, "Karmana ipak qurti urug‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan fuqaro Oliya Po‘latova foydasiga 2023 yil may oyidan 2025 yil 1 sentabr kuniga qadar zarar to‘lovlaridan qarzdorlik 21 404 300 (yigirma bir million to‘rt yuz to‘rt ming uch yuz) so‘m hamda 2 mln ma’naviy zarar, jami 23 404 300 so‘m undirildi.