IJROIYA QOʻMITASI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashining Ijroiya qoʻmitasining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni viloyat kengashi raisi Nazira Togʻayeva boshqardi hamda unda qoʻyilgan masalalar tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqildi.
Jumladan, Tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat birlashgan qoʻmitasi va viloyat kengashlari ishtirokida tuzilgan jamoa kelishuvlarining mazmuni va bajarilishi atroflicha muhokama etildi.
Qolaversa, korxona, tashkilot va muassasalarni kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasiga aʼzo tashkilotlarda xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish sohasidagi ishlarning ahvoli ham kun tartibidan oʻrin oldi.


Bundan tashqari, "Atrof-muhitni asrash va "yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi asosida qabul qilingan Kengash qarori ijrosi hamda Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi tashkilot va muassasalarda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi ishlar muhokama qilindi.


Yigʻilishda ish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislariga tegishli koʻrsatmalar berildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish borasida aniq tadbirlar belgilab olindi. Qolaversa, koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


© 2016 Навоий вилоят касаба уюшмалари ташкилотлари бирлашмаси
Ортга қайтиш