RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI

"Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyat kengashida "Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida korxona, tashkilotlar tomonidan mehnat muhofazasiga oida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi N.Tog‘ayeva, zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Nurulla Dadajanov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Maxmud Babayarov va bir qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Anjuman davomida zamonaviy mehnat bozorida tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbati doirasida "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi.



 


© 2016 Íàâîèé âèëîÿò êàñàáà óþøìàëàðè òàøêèëîòëàðè áèðëàøìàñè
Îðòãà қàéòèø