O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING NAVOIY VILOYAT KENGASHI YOSHLAR BIRLASHMASINING ISH FAOLIYATI
-
YOSHLAR BIRLASHMASI FAOLIYATI
-
BIRLASHMA NIZOMI
-
RAYOSATI
|
YUKLAB OLISH | Hajmi 3,2 MB |
|
|
YUKLAB OLISH | Hajmi 3,5 MB |
|
|
YUKLAB OLISH | Hajmi 2.1 MB |
|
|
YUKLAB OLISH | Hajmi 2,56 MB |
I. UMUMIY QOIDALAR
1. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yoshlar kengashi (keyingi o‘rinlarda Yoshlar kengashi deb yuritiladi) kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan yoshlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish, ularni kasaba uyushmalari faoliyatiga keng jalb etish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali o‘z iqtidor va iste’dodlarini keng namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish borasidagi faoliyatini yo‘naltirib boradi va muvofiqlashtirib turadi.2. Yoshlar kengashi o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustaviga, Federatsiya qurultoyi, Federatsiya Kengashi va Rayosat qarorlari hamda mazkur Nizom asosida amal oshiradi.
3. Yoshlar kengashi faoliyatini O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining o‘rinbosarlaridan biri muvofiqlashtirib boradi. Yoshlar kengashi raisi va raisi o‘rinbosarlari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
II. YOSHLAR KENGASHINING ASOSIY MAQSADI, YO‘NALISHLARI VA VAZIFALARI
4. Yoshlar kengashining asosiy maqsadi – yoshlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini ta’minlash, ularning mehnat munosabatlari bo‘yicha bilimlarini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rin egallashlariga, kasaba uyushmalari tizimiga yosh kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashishdan iboratdir.5. Yoshlar kengashi o‘z maqsadiga erishish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshiradi:
5.1. Huquqiy yo‘nalish:
- yoshlarning huquq va manfaatlarini munosib himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat munosabatlariga oid qonun hujjatlari, xalqaro mehnat standartlari, O’zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar qoidalari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish;
- yoshlar siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va vakolatli idoralarga taqdim etish;
- jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalari loyihalarining yoshlar huquqlariga oid masalalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishda ishtirok etish.
5.2. Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish:
- respublikada yoshlar masalalariga oid statistik ma’lumotlarni tahlil etish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu borada tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- yoshlarning ishga joylashishi va ish joylarida qo‘nimliligi ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish va monitoring olib borish;
- mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ushbu ma’lumotlarning ommaviyligini ta’minlash;
- jamoa kelishuvlari va shartnomalariga yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid imtiyozlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- yoshlarning norasmiy sektorda bandligi bo‘yicha o‘rganishlarni amalga oshirish, o‘rganish natijalari asosida ularni rasmiy sektorga o‘tkazish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- yoshlar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan loyiha va aksiyalar tashkil etish, ularning bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
5.3. Madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish va turizm yo‘nalishi:
- yoshlar o‘rtasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, festivallar, forumlar o‘tkazish va ularni rag‘batlantirish;
- korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlar, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba, o‘quvchilar o‘rtasida turli sport tadbirlari, spartakiadalar tashkil etish, bunda «O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi» musobaqalarini o‘tkazishni ko‘zda tutish hamda uning ommaviyligini oshirib borish;
- yosh kasaba uyushmalari a’zolari va ularning oilalarini sog‘lomlashtirish masalasida kasaba uyushmalari organlari va ish beruvchilarga takliflar berish;
- kasaba uyushmalari faoliyatida faol ishtirok etayotgan yoshlar, ayniqsa, chekka tumanlardagi yoshlarning tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlarini tashkil etish.
5.4. Tashkiliy-targ‘ibot yo‘nalishi:
- yoshlarni kasaba uyushmalari faollari safiga keng jalb etish yuzasidan turli bo‘g‘inlarda ko‘ngillilar (volontyorlar) guruhlarini tashkil etish;
- kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish tartibi va uning afzalliklari haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
- kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, xodimlar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan imtiyozlar, turli toifadagi aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, davlat siyosatini amalga oshirishdagi faol ishtiroki borasidagi faoliyatini keng targ‘ib etish, bu borada amalga oshirilayotgan turli tadbirlarga ko‘ngillilar (volontyorlar) guruhlarini keng jalb etish;
- kasaba uyushmalari faoliyatida faol ishtirok etayotgan yoshlar orasidan kadrlar zaxirasi bankini yaratish hamda ular orasidan munosiblarini tegishli tashkilotlarga tavsiya etib borish;
- yosh kasaba uyushmalari faollari va yetakchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- yoshlar masalalariga taalluqli anjuman, konferensiya, forum, seminar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
- veb-sahifa orqali amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, bu borada ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Yoshlar kengashi ishiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishiga ko‘maklashish.
III. YOSHLAR KENGASHI VAKOLATLARI
6. Yoshlar kengashi o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish bo‘yicha rejalar, dasturlar, tavsiyalar ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi.7. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, uni yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi, tashabbuslar bilan chiqadi.
8. Yoshlar kengashi faoliyatida faol ishtirok etayotgan kasaba uyushmalari faollarini har tomonlama rag‘batlantirish, turli lavozimlarga ularning nomzodini taklif etish va qo‘llab-quvvatlash, Davlat mukofotlari va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining nishonlariga tavsiya etish bo‘yicha O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga takliflar kiritadi.
9. Yoshlar kengashi yoshlar masalalarini o‘rganish va tahlil etish, uning natijalari asosida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan moddiy va tashkiliy masalalarda yordam so‘raydi.
10. Yoshlar kengashi turli tadbirlarni o‘tkazish davomida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi logotipi (emblemasi)dan foydalanadi.
11. Yoshlar kengashi a’zolarini vakolatini tasdiqlovchi hujjat sifatida Kengash o‘zining guvohnoma va ko‘krak belgisini ishlab chiqishi mumkin. Ularning namuna va tavsifi Federatsiya Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
IV. Yoshlar kengashi faoliyatining asosiy tamoyillari, tashkiliy tuzilmasi
12. Yoshlar kengashi faoliyati adolat, qonuniylik, birdamlik, oshkoralik, teng huquqlilik, ixtiyoriylik, hamfikrlilik va kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.13. Yoshlar kengashi tarkibi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo tashkilotlar hamda Federatsiya Kengashining hududiy bo‘linmalari tomonidan 35 yoshgacha bo‘lgan kasaba uyushmalari faollari orasidan bir nafardan vakil yo‘llash tamoyili asosida hamda Federatsiya Kengashi Rahbariyati tomonidan tavsiya qilingan nomzodlardan shakllantiriladi. Yoshlar kengashi tarkibi uning tashkiliy majlisida tasdiqlanadi. Yoshlar kengashining raisi, rais o‘rinbosarlari va mas’ul kotibi Yoshlar kengashi a’zolari orasidan saylanadi.
14. Yoshlar kengashiga vakil yo‘llash va vakillarni chaqirtirib olish Federatsiyaga a’zo tashkilot va hududiy bo‘linma kengashlari Rayosatlari qarori yoki keyinchalik Rayosatda tasdiqlash sharti bilan yozma tavsiya orqali amalga oshiriladi.
15. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo tashkilotlar hamda Federatsiya Kengashining hududiy bo‘linmalari Yoshlar kengashlari tarkibi tuman (shahar) tarmoq kasaba uyushmalari, birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotlarining Yoshlar kengashlari, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining yosh faollari orasidan bir nafardan vakil yo‘llash tamoyili asosida hamda a’zo tashkilotlar, hududiy bo‘linma kengashi Rayosati tomonidan tavsiya qilingan nomzodlardan shakllantiriladi.
16. Tuman (shahar) tarmoq kasaba uyushmalari, birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotlarining Yoshlar kengashlari tarkibi tarmoq kasaba uyushmalarining tuman (shahar) kengashlari a’zolari hamda hududdagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faollari orasidan shakllantiriladi.
17. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo tashkilotlar hamda Federatsiya Kengashining hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) tarmoq kasaba uyushmalari va birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotlarining Yoshlar kengashlari doimiy harakatdagi organ hisoblanadi. Ular: o‘z faoliyatini mazkur Nizom asosida amalga oshiradi; Yoshlar kengashi qarorlari bajarilishini ta’minlaydi va unga hisobot berib boradi; o‘z tarkibiga a’zolar me’yorini belgilaydi.
V. YOSHLAR KENGASHI ISHINI TASHKIL ETISH
18. Yoshlar kengashi majlislari zaruratga qarab, ammo har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Majlis Yoshlar kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi. Yoshlar kengashining qarori majlisda ishtirok etayotganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan taqdirda, majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 19. Yoshlar kengashi majlisiga Yoshlar kengashi raisi rahbarlik qiladi. Rais ishtirok eta olmagan taqdirda, majlisni uning o‘rinbosarlaridan biri boshqaradi.
20. Yoshlar kengashi majlislari oralig‘ida uning nomidan Yoshlar kengashi raisi, rais o‘rinbosarlari va mas’ul kotibi ish olib boradi.
21. Yoshlar kengashi o‘z faoliyatini majlisda tasdiqlab oladigan yillik Ish rejasi asosida yuritadi, zarur hollarda Ish rejasiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritadi.
22. Yoshlar kengashi majlisini chaqirish imkoni bo‘lmagan hollarda, kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarni tezkor hal etish maqsadida Yoshlar kengashi raisi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining o‘rinbosari bilan kelishgan holda, a’zo tashkilotlar, hududiy bo‘linmalardagi Yoshlar kengashlariga, Yoshlar kengashi a’zolariga tegishli topshiriqlar yo‘llashi mumkin.
23. Yoshlar kengashi o‘z majlislarida ishtirok etish uchun tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ish beruvchilar, jamoat tashkilotlari, shuningdek O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparatining tegishli bo‘limlari vakillarini taklif qilishi mumkin.
24. Yoshlar kengashi o‘z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mutaxassislari va olimlarni jalb etgan holda ishchi guruhlar, komissiyalar tuzishi mumkin.
25. Yoshlar kengashi raisi: O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining qurultoylarida, Federatsiya Kengashi, uning Rayosati yig‘ilishlarida, boshqa jamoat tashkilotlarida, ish beruvchilar uyushmalarida, davlat hokimiyati organlarida Yoshlar kengashi nomidan ish ko‘radi; Yoshlar kengashini chaqiradi va majlisini o‘tkazadi.
26. Yoshlar kengashi faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparatining Ishlar boshqarmasi, Federatsiyasiga a’zo tashkilotlar hamda Federatsiya Kengashining hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Yoshlar kengashi majlislarini tayyorlash, ish yuritish, bayonnomalar va qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish Yoshlar kengashi raisi o‘rinbosarlari va mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
28. Yoshlar kengashi faoliyati O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Federatsiyasiga a’zo tashkilotlar hamda Federatsiya Kengashining hududiy bo‘linmalari smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
VI. YOSHLAR KENGASHI FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TO‘XTATISH
29. Yoshlar kengashi faoliyatini qayta tashkil etish yoki to‘xtatish O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati qaroriga binoan amalga oshiriladi.
1 | Tayloqov Toshtemir Amonboyevich | Viloyat Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslar murojatlari bilan ishlash” bo‘yicha bosh mutaxassisi |
2 | Shamsiddinova Moxigul Shermurodovna | Navoiy viloyat Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi |
3 | Qodirova Sarvinoz Choriboyevna | Navoiy viloyat Kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi |
4 | Shamsiddinov Jasurbek Anvarovich | “Navoiyazot” AJ Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi |
5 | Sultonov Abror Boymurodovich | Navoiy viloyat hokimligi jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibiyati mudiri |
6 | Nematova Dilfuza Nusratilloyevna | Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasining ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis |
7 | Shadiyeva Shohida Mirsalim qizi | Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlar va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis |
8 | O’razova Dilafro‘z O’ralovna | Navoiy viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi |
9 | Yuldasheva Nasiba Ikromovna | Davlat muassasalari va jamoat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashining yetakchi mutaxassisi |
10 | Egamova Xurshida Tolibovna | O’zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat birlashgan qo‘mitasi xodimi |
11 | Zokirov Akmal Najmiddinovich | Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi |
12 | Ro‘ziyeva Shaxlo Shaxobiddin qizi | Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi (Kasaba uyushmasi stipendianti) |
13 | Kuvondikov Murodjon Uktam ugli | Navoiy viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi AKT mutaxassisi |
14 | Qurbonov Sanjar Ramilovich | “Navoiy yoshlari” gazetasi bosh muharriri |
15 | Axmedov Azizbek Azamatovich | Axborot texnologiyalari vazirligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi |
16 | Parmonov Sardor Farxod o‘g‘li | “Qizilqumsement” AJ Yoshlar boshlang‘ich tashkilot yetakchisi |
17 | Shaxriyev Farrux Farxdovich | O’zbekiston sog‘likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining viloyat kengashi xodimi |
18 | Mustafayev Mirjalol Nusrat o‘g‘li | “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ “Call center” xizmati boshlig‘i |
19 | Aslonov Baxodir Orif o‘g‘li | Respublika Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi |
20 | Tashev Baxtiyor To‘rayevich | Viloyat Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Navoiy viloyat hududiy birlashmasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari |
21 | Boltayev Faxriddin Baxranovich | Navoiy viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining yoshlar ta’lim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining mustahkamlash bo‘yicha bosh mutaxassis |