Navoiy viloyati sog’liqni saqlash tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarailishiga oid konferensiyalar (umumiy yig’ilish) muntazam tashkil etilib unda yuqori tashkilot vakillari muntazam ishtirok etishib kelishmoqda. Shuningdek mazkur yig’ilishlarda ish beruvchi va kasaba uyushmasi raislarining hisoboti tinglanmoqda.
Hozirgi kunga qadar ushbu yig’ilishlar sog’liqni saqlash tasarrufidagi korxonalarning qariyb sakson foizida tashkil etilib tegishli qarorlar qabul qilinib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi Navoiy filialida tashkil etildi. Pandemiya sharoitini inobatga olib yig’ilishda 50 nafar vakillar ishtirok etishdi. Bugungi kunda markazda 286 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritayotgan bo’lib, ishchi xodimlar jamoa shartnomasi orqali ish beruvchi va kasaba uyushmasi mablag’lari hisobidan ko’plab imtiyozlardan foydalanib kelmoqda.
Viloyat bo’yicha jamoa shartnomalarining tegishli bandlariga muvofiq har bitta xodimga sarflangan o’rtacha mablag’ 6568000 (olti million besh yuz oltmish sakkiz ming) so’mni tashkil etmoqda.
Shuningdek yig’ilishlarda ishchi xodimlarning kasaba uyushmalari tomonidan ishchi xodimlar uchun yaratilayotgan qo’shimcha imkoniyatlar, tibbiyot xodimlarining tibbiy ko’rik davomida chiqimdorligini qay tarzda kamaytirib boorish kabi qiziqarli savollari tinglanib, bahs munozaralarga boy tarzda o’tkazilmoqda