IJTIMOIY HIMOYA » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

IJTIMOIY HIMOYA BO‘LIMI

   BOBOMURODOV OLIM OCHILOVICH

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi
   Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi
    Telefon:    +998792260874
    Telegram bot: nvkasaba
     Elektron pochta: o.bobomurodov@kasaba.uz
    Qabul vaqti: Dushanba-Juma kunlari, 10:00 dan 13:00 gacha

  • Qisqacha tarjimai holi

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

Tug‘ilgan sana

5 may 1974 yil

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyati, Xatirchi tumani

Millati

O‘zbek

Ma`lumoti

Oliy, 1997 yil Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti

Mutaxassisligi

Qorako‘lshunos injener

Tizimdagi ish staji

2011 yildan

Egallab turgan lavozimida

2012 yildan

- bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi;
- hududiy kelishuvni tayyorlash va kelishishni tashkil etadi. Uning bandlaridan biriga viloyat hududidagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar hamma korxonalarda kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotini tuzish masalasini kiritilishiga erishadi;
- hududiy-tarmoq kelishuvlari loyihalarini ekspertiza qilishni tashkil etadi. Jamoa shartnomalarining hududda bajarilishi bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritadi;
- “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, qabul qilingan jamoa shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash Tartibi”da belgilangan yuridik shaxslarning jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
- O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq “Bandlik” dasturiga takliflar kiritib boradi. Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkalarini tumanlar va shaharlar miqyosida tashkil qilinishida, unga jamoatchilik bilan ishsiz fuqarolarni ommaviy tashrifini uyushtirishda ishtirok etadi;
- hudud bo‘yicha o‘rtacha ish haqi miqdorini tahlil qiladi.
- O’z vakolatlari doirasida hududda ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borilishini yo‘lga quyadi;
- kasb-hunar kollejlari talabalari va bitiruvchilarining tarmoq korxonalari va tashkilotlarida amaliyot o‘tishini tashkil qilishga va bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashadi;
- xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari ijrosining jamoatchilik nazoratini olib boradi;
- kengash, Ijroiya qo‘mita majlislarida ko‘rib chiqish uchun bo‘limning ish yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
- a’zo tashkilotlarning mehnatkashlar iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishdagi ijobiy tajribasini o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi, tarqatadi va bu borada ularga maslahatlar va uslubiy yordam beradi;
- Kengash, Ijroiya qo‘mita tomonidan bo‘lim faoliyati yo‘nalishlariga oid qabul qilingan qarorlar, bo‘lim ish rejasining bajarilishini nazorat qiladi;
- viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan budjet tashkilotlari bilan uzviy aloqalarni tuman kengashlari orqali olib boradi;
- kasaba uyushmalari tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
- mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rganib boradi va bu haqda Ijroiya qo‘mitaga muntazam axborat berib turadi;
- davlat va ho‘jalik organlarida, ish beruvchilar tomonidan ko‘rib chiqish uchun eng dolzarb masalalar bo‘yicha taklif loyihalarini tayyorlaydi;
- aholining haqiqatdagi turmush darajasi tahlilidan kelib chiqgan holda qashshoqlik chegarasida yashayotgan odamlar, kam taminlangan oilalar, nogironlar, pensionerlar va o‘quvchi yoshlar uchun ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasida takliflar kiritadi;
- aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma, chet el va xususiy korxonalarda mehnat qilayotgan, korxonalar bankrotligi va iqtisodiyotdagi tuzilmaviy qayta o‘zgarishlar tufayli ishdan bo‘shatib olinayotgan, mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilishga qodir bo‘lmagan xodimlar uchun ijtimoiy himoya mexanizmlarini yaratishda ishtirok etadi;
- kasaba uyushmalariga a’zo korxona, tashkilot va muassasalar tamonidan qabul qilingan va mehnatkashlarning mehnat va ijtimoiy xuquqlarini buzilishiga olib keladigan qarorlar ijrosini to‘xtatib qo‘yish borasida kasaba uyushmalari Kengashi majlisiga takliflar kiritadi;
- mehnatkashlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha a’zo tashkilotlarning ijtimoiy tajribasini o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi va keng tarqatadi, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
- viloyat xokimligi va Kengash o‘rtasida eng dolzarb ijtimoiy–iqtisodiy masalalar bo‘yicha hududiy kelushuv loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi va uning bajarilishini nazorat qilib boradi;
- kelishuv va jamoa shartnomalarining ijtimoiy himoyadagi va daromadlarni iqtisodiyot sektori, tarmoqlar, xodimlar toifalari, viloyat buyicha tartibga solishdagi rolini oshirish maqsadida jamoa-shartnomaviy munosabatlar monitoringini amalga oshiradi;

   QODIROVA SARVINOZ CHORIBOYEVNA

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi
   Bo‘limning etakchi mutaxassisi
    Telefon:    +998792260874
    Telegram bot: nvkasaba
     Elektron pochta: s.qodirova@kasaba.uz

  • Qisqacha tarjimai holi

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

Tug‘ilgan sana

28 dekabr 1984 yil 

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri

Millati

O‘zbek

Ma`lumoti

Oliy, Navoiy davlat pedagogika instituti

Mutaxassisligi

Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma‘naviyat asoslari

Tizimdagi ish staji

2016 yildan

Egallab turgan lavozimida

2020 yildan

- ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Hududiy-tarmoq kelishuvlari loyihasini tayyorlash, uni tuzish va bajarilishining borishi ustidan nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- bo‘lim faoliyati yo‘nalishlariga taaluqli hududiy va Davlat dasturlari bajarilishining borishini nazorat qiladi;
- mehnat bozoridagi ahvolni, a’zo tashkiltlarning bandlik sohasidagi faoliyatini o‘rganib boradi va tahliliy materiallar tayyorlaydi;
- hududiy-tarmoq kelishuvlarini, “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, qabul qilingan jamoa shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash Tartibi”da belgilangan yuridik shaxslarning jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
- xodimlarning to‘la bandligi ta’minlanishi, yashirish ishsizlik hollarini tahlil qilib boradi va tegishli choralar ko‘radi, kasanachilarni ijtimoiy himoya qilish, korxonalarni qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sababli ommaviy ravishda ishdan ozod etilayotgan xodimlarga moddiy madad choralari qo‘llanilishi ustidan nazorat olib boradi;
- tugatilayotgan korxonalar ro‘yxatidan tarmoqlarga mansublarini ajratib oladi va tegishli mas’ul tashkilotchilar va respublika qo‘mitalari e’tiboriga yetkazadi;
- o‘z vakolatlari doirasida hududda ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borilishini yo‘lga quyadi va muddati o‘tgan qarzdorlik yuzasidan monitoring olib boradi;
- Kengash bo‘limlari bilan birgalikda mehnat jamoalarida nizoli vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish, o‘z vakolatlari doirasida mehnat nizolarini hal etishda qatnashadi;
- mehnat bozori va mehnat resurslaridan foydalanish ahvolini tahlil qilib boradi, ish bilan ta’minlash va ishsizlik muammolarni o‘rganib chiqadi;
- «Bandlik» dasturini amalga oshirish, aniq va yashirin ishsizlikni to‘xtatib turishning samarali mehanizmlarini topish borasida takliflar tayyorlaydi;
- mehnatga xaq to‘lashning eng kam miqdoriga ish xaqini va qonunchilikda belgilangan kompensatsiyalarni o‘z vaqtida to‘lanishi borasidagi kafolatlarga rioya qilinishi uchun ish beruvchilar javobgarligining xarakatidagi mehanizmini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
- Navoiy viloyat hokimligi huzuridagi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha mehnat jamoalaridan tushayotgan barcha takliflarni ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi.