MAQSAD VA VAZIFALARI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi


 

K

engashning asosiy maqsadi Federatsiyaga a’zo tashkilotlar hududiy bо‘linmalarining ustav vazifalarini bajarishdagi sayi-harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy kafolatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu maqsadlar yo‘lida Kengashning asosiy vazifalari:
- О‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining strategiya va taktikasini ishlab chiqishda qatnashish, kasaba uyushmalarining hududiy bо‘linmalari faoliyatining samaradorligini oshirishga kо‘maklashish;
- uch tomonlama ijtimoiy muloqot va mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishga va rivojlantirishga kо‘maklashadi;
- xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taaluqli bо‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- mehnatga ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida xodimlarning munosib turmushi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydigan sharoitlar yaratish, gumanitar muammolarni hal etish, aholining zaif qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishga yо‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- kasaba uyushma a’zolari, shuningdek, ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi;
- madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalarini, sanatoriy va kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirishni rivojlantirish masalalarida davlat hokimyati va boshqaruvi organlari, ish beruvchilar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda harakat qiladi.