AUDIT NATIJALARI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

AUDIT NATIJALARI

  • Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqatirish va bndik Bosh boshqarmasi

    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqatirish va bndik Bosh boshqarmasida Genderga oid audit o‘tkazilganligi haqida ma‘lumotnoma
    27.06.2024 yil Navoiy shahri

    O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida” 2022 yil 15 dekabrdagi O’RQ-809-soni Qonuniga asosan davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o‘tkazish belgilangan. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2023 yil 21 iyuldagi 6-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan joriy yilning 2-choragida Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasida genderga oid audit o‘tkazish tasdiqlangan.
    O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashining 2024 yil 3 iyundagi ¹ 63-p sonli farmoyishiga asosan, Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasida jamoatchilik nazorati tartibida savolnomaga asosan genderga oid audit o‘tkazildi.
    O’tkazilgan Genderga oid audit natijalariga ko‘ra qo‘yidagilar aniqlandi:
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 43-uyda joylashgan.
    Boshqarma boshlig‘i Xayrullayev Lutfullo Axatovich.
    Inson resurslarini boshqarish va rejim bo‘yicha shu’ba boshlig‘i Shodiyeva Shohida Mirsalim qizi.
    Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Qahharov Zafar O’ktam o‘g‘li jamoatchilik asosida ishlab kelmoqda
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasida xotin-qizlar va erkak sonining nisbatini o‘rganish.
    Boshqarmada jami 66 ta shtat birligi tasdiqlangan. Haqiqatda ishlayotganlar soni (shtat bo‘yicha) 59 nafarni tashkil etadi. Vakant lavozimlar soni 6 ta ish o‘rni tashkil etadi. Shundan xotin-qizlar soni 15 nafar, 14 nafar apparat xodimi 1 nafar yordamchi texnik xodim, pensionerlar 2 nafar, nogironlar yo‘q, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar 1 nafar, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq farzandi bor ayollar 4 nafarni tashkil etadi. 2023 yil yangi ishga qabul qilinganlar 28 nafar, 2024 yilda 5 nafarni tashkil etadi.
    Zaxira kadrlar bazasi:
    Zaxira kadrlar bazasi mavjud Boshqarma boshliqligiga zaxiraga Zarafshon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shoxmirzayev Anvar Shoxmirzayevich, O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish markazi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda Navoiy viloyati Karmana tuman hokimining o‘rinbosari investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Akramov Amriddin Erkin o‘g‘ri nomzodi shakillantirilgan.
    Boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga zaxiraga Xatirchi tuman hokimining moliya-iqtisodiyot kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Muhammadiyev Inoyat Tog‘aynazarovich, Nurota tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Amonov Ilhom Muhiddinovich hamda O’zbekiston mahallalar uyushmasi karmana tuman bo‘limi boshlig‘i Baxronov Sobir Bahodir o‘g‘ri nomzodi shakillantirilgan.
    Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish.
    2023 yil davomida 25 nafar xodimlar malaka oshirishga yuborilgan. Xodimlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki
    Boshqarmada xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmasiga birlashgan. Barcha xodimlar kasaba uyushma a’zosi hisoblanadi.
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi 2024 yil 11 inyudagi ¹5-sonli jamoaning umumiy yig‘ilishida kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari va qo‘mita raisi saylangan. Boshqarmada 2024 yil 11 iyundagi jamoaning umumiy yig‘ilishida qo‘mita a’zolarini va raisini saylashda jami 29 nafar xodimlar ishtirok etgan. 8 nafar xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan. Qo‘mita a’zolari tarkibiga Z.Qaxxorov, D.Usmonov, N.Qurbonovalar saylanib, qo‘mita raisi etib Z.Qaxxorov saylangan.
    Qo‘mita yig‘ilishlari bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishlar kvorum asosida o‘tkazilgan.
    Xodimlarning salomatligi va mehnat muxofazasi.
    Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasida Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqilganligi, belgilangan tartibda mehnatning xavfsiz usul va uslublariga o‘rgatilganligi.
    Xodimlarga fizik, kimyoviy, biologik, psixofiziologik va boshqa omillar ta’siri, ish o‘rning ergonomikasi tahlili.
    Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha tahliliy axborot tayerlash, bunda QMQ, ShNQ, SanQ va M sohaga oid mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablari inobatga olinishi zarur.
    Jamoa shartnomasi 2023-2024 yillar uchun tuzilgan va mehnatni muhofaza qilish qismining mazmuni “O’zKUF jamoa shartnomasi maketi”ga moslashtirilgan.
    O’zKUF Kengashi Rayosatining 04.04.2017 yil 6-44“s”- sonli qaroriga
    2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi nizomi talablariga mos ravishda komissiya tuzilishi ta’minlangan.
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1995 yil 18 dekabrda 196-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Nizom talablari asosida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar saylangan va ularni mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishlari yuzasidan o‘qitilishi va bilimlari sinovdan o‘tkazilishi ta’minlanganligi. Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan hujjat taqdim etilmadi.
    O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib nizomga 1-ILOVA Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari soni normativlari va 2-ILOVA Tashkilot mehnatni muhofaza qilish xizmatining tavsiya etilgan tuzilmasida belgilangan talablarga rioya qilingan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy qilinmagan va mas’ul xodim tayinlangan va zimmasiga yuklatilmagan.
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1996 yil 14 avgustda 272-con bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomning 8-9-10-banlari talablariga muvofiq, xodimlar 2023 yilda 28 nafar, 2024 yilda 5 nafar xodim ishga qabul qilingan bo‘lsada, kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazilib tegishli jurnallarga qayd etilmagan, ish joyidagi yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish jurnallari ham mavjud emas.
    Boshqarmadagi mavjud barcha kasb va ish turlari uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2000 yil 7 yanvarda 870-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom talablari bo‘yicha xodimlarni xavfsiz mehnat usullarida ishlashlari uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqilmagan.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda boshqarmaning bino va ob’ektlari mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyixalashtirilgan va ish joylari xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida jihozlangan va isitish, sovitish tizimlari bilan ta’minlangan.
    Boshqarmaning farroshi va qorovullari uchun alohida xona ajratilmagan, ular kiyinish-echinish uchun yerto‘ladagi omborxonadan joy ajratilgan.
    Ish beruvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 393-moddasi talablari bo‘yicha ayollar uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishlari ta’qiqlanishiga amal qilingan.
    Boshqarmaning ma’muriy, ishlab chiqarish binolari, sanitariya-maishiy xonalari, omborxonalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”, QMQ 3.01.02-00 talablariga muvofiq tashkil qilingan. Yong‘in xavfsizligi burchaklari tashkil qilingan va belgilangan tartibda jihozlangan.
    Tashkilotda maishiy xonalar (kiyimxona, yuvinish, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari va boshqalar) va ularni o‘rnatilgan me’yorlarga asosan soni va jihozlanishi (ShNQ 2.09.04-09) talablari doirasida amalga oshirilmagan.
    Gender audit ekspertizasini o‘tkazish jarayonida boshqarma ish beruvchisi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari”ga muvofiq “GROSS SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzilib, 2023 yil 21 avgust kuni muddati 23.08.2023-22.08.2024 yilgacha bo‘lgan seriyasi EGII ¹0001041, raqami ¹21/58/0076-sonli sug‘urta polisi olingan.
    Sug‘urta puli 2691768827 so‘m, sug‘urta mukofoti 1 537 000,0 so‘mni tashkil etadi.
    Oxirgi 3 yil davomida boshqarmada kasb kasalligiga chalingan hamda baxtsiz hodisaga uchragan ishchi-xodimlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 360-moddasigahamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga muvofiq, xodimlarning majburiy tibbiy ko‘riklari tashkil etilmagan. Bundan tashqari 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 4-ilovasida “Dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil qilinadigan kasblar va lavozimlar ro‘yxati”da BARChA XODIMLAR o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, biror marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi ta’minlanmagan.
    Xalqaro milliy qonunchilik va lokal hujjatlar ijrosi Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun tuzilgan.
    O’zbekiston davlat muassssalari va mjamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi navoiy viloyat kengashidan ¹38-son bilan 17.04.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
    Tuzilgan jamoa shartnomasi 2022 yil dekabr oyida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan maket asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlari talablariga rioya qilingan. Amaldagi jamoa shartnomasida BMTning qarorlari, Deklaratsiya, Konvensiya va boshqa xalqaro shartnomalar shartlari bajarilishiga oid bandlar hamda O’zbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi, Qonunlari, normativ-huquqiy hujjatlarining Inson huquqlari va mehnat qilish bilan bog‘liq normalari kiritilgan. Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquqlilik hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga oid gender tenglik bo‘yicha normalar o‘z aksini topgan.
    Mehnat shartnomasi va bandlik kafolatlari bo‘limi 3.4. bandida O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 129-moddasida nomlari keltirilgan xodimlar toifalaridan tashqari yana qo‘yidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi deb ko‘rsatilgan: 3.4.1. O’zbekiston Respublikasida belgilab qo‘yilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga teng ish haqi o‘rnatilgan shaxslarga;
    3.4.2. Oilasida yagona boquvchi bo‘lgan shaxslarga;
    3.4.3. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, va “Temir daftar” da ruyxatda turgan xodimlarga.
    Bundan tashqari, 3.16. banda Xodimlarga ish beruvchining mablag‘lari hisobidan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash chog‘ida qo‘yidagi ko‘shimcha kafolatlar belgilangan:
    a) O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 173-moddasining uchunchi qismida mustahkamlanganlariga nisbatan ishdan bo‘shatish nafaqasining 100 foizga oshirilgan miqdorlari;
    b) ushbu boshqarmaga ish beruvchining taklifi bilan ishga kirgan xodimlarning ko‘rsatilgan stajida xodim ilgari mehnat qilgan tashkilotda ishlagan vaqtni hisobga olish;
    v) vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash;
    IV-bo‘lim Ish vaqti va dam olish vaqti bo‘limida ham mehnat kodeksining 186-202-205-210-217-227-416-427-478-moddalari talablari kiritilgan.
    Har yilgi asosiy mehnat ta’tili davlat fuqorolik xizmatchilariga davomiyligi 27 kalendar kundan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlar uchun 21 kalenadr kundan iborat etib belgilangan.
    Boshqarmaning barcha xodimlariga 9 kalendar kuni har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi belgilangan.
    V-bo‘lim, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha har oyning birinchi yarmi uchun oyning 15-18-sanasida, ikkinchi yarmi uchun keyingi oyning 1-5-sanasigacha ish haqi to‘lash muddatlari kiritilgan.
    Shuningdek, Mehnat kodeksining 333-moddasi talablari ya’ni Ish beruvchi ish haqini to‘lash kechiktirilganligi uchun xodim oldida belgilangan miqdorda moddiy javobgarligi belgilangan.
    Boshqarmada ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas.
    Jamoa shartnomasining 10.5.-bandida Ish beruvchining majburiyatlari:
    10.5.1. ish o‘rni qisqartirilayotgan ayollarni mehnat bozorida talab bo‘lgan kasblarga o‘qitishni ta’minlash;
    10.5.2. ayollarga malaka oshirish va qo‘shimcha ma’lumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;
    10.5.3. “2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni amalga oshirishga ko‘maklashish;
    Taraflar jamoa shartnomasining 10.6.-bandida O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar:
    10.6.1. xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash majburiyatlarini Boshqarmaning vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish belgilangan, ammo, bu buyicha buyruq bilan vakolatli shaxs belgilanmagan.
    Ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash borasida XMT kovensiyalari kiritilmagan.
    O’tgan yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobotlar ko‘rsatib berilmadi.
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining ichki mehnat tartib qoidalari 2023 yil 09 oktyabrda ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi bilan kelishib imzolangan. Ichki mehnat tartib qoidalari va jamoa shartnomasi barcha xodimlarga imzo qo‘ydirib tanishtirilgan.
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining xodimlar lavozimlari bo‘yicha yo‘riqnomalari ishlab chiqilib, tasdiqlangan va barcha xodimlar tanishtirilgan.
    Maslahat kengash organlari
    2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha quyidagi kamchikliklar aniqlandi:
    Jumladan:
    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023 yil 12 sentyabrdagi "2023 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida"gi KQ-570-IV sonli karorining 8-bandida bir oy muddatda iktisodiyot tarmoklari kesimida xar bir tarmokdan 1 tadan korxona, tashkilot va muassasada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng xukuk xamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslaxat-kengash organlari faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish hamda ushbu amaliyotni 2024 yilning 1-apreliga kadar tarmokdagi boshka korxona va tashkilotlarda xam ommalashtirish choralarini kurish vazifasi berilgan
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslaxat-kengashi tuzilmagan.
    Mehnat munosabatlarga kirishish, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlar.
    Boshqarmada xodimlarni ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqqa egaligi ta’minlangan.
    Boshqarmada ishlovchi barcha ishchi-xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilgan va bir nusxasi berilgan hamda ma’lumotlar xodimning mehnat daftarchasiga va Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy apparat kompleksiga kiritilgan.boshqarmada mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimlarga mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma xodimlarga buyruq chiqarilgan kunda berilgan, oxirgi hisob-kitob ishlari buyruq chiqarilgan kuni amalga oshirilgan.
    Boshqarmada Odob-axloq qoidalari ishlab chiqilgan va barcha ishchi-xodimlar imzo chektirib tanishtirilgan.
    Ommaviy tadbirlarda barcha ayollar teng qatnashib kelgan (tadbirlardan ajratish holati aniqlanmadi).
    Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
    Boshqarmada xotin-qizlar va erkaklarning mehnat qilishida bir xil huquq va erkinliklar yaratilgan, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
    Xodimlarning jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligiga qarab biron-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilanmagan.
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024 yilgi ta’tillar jadvali 2023 yil 20 dekabrda boshlang‘ich kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan, barcha xodimlar to‘liq tanishtirilgan.
    Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari rahbarlari va o‘rinbosarlarining 2024 yil uchun ta’tillar grafigi ishlab chiqilib, ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsada, kasaba uyushmasi raisi bilan kelishib tasdiqlanmagan, KUQ raisining imzosi yo‘q.
    Shuningdek, Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2023 yil 04-oktyabrdagi 88-sh/t-sonli buyrug‘i bilan farrosh Egamova Marvarid Islomovnaga 2022 yilning 27 mayidan 2023 yilning 26 mayiga qadar ishlagan ish davri uchun 2023 yil 4 oktyabrdan boshlab 26 kalendar kundan iborat (21 kalendar kun asosiy mehnat ta’tili, 5 kalendar kun jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha ta’til) mehnat ta’tili berilgan. Xuddi shunday 2023 yil 23-oktyabrdagi 10-sh/t-sonli buyrug‘i bilan o‘rinbosar Xasanova Mo‘tabar Sultonovnaga 2022 yilning 15 fevraldan 2023 yilning 14 fevralga qadar ishlagan ish davri uchun 2023 yil 23-oktyabrdan boshlab 32 kalendar kundan iborat (27 kalendar kun asosiy mehnat ta’tili, 5 kalendar kun jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha ta’til) mehnat ta’tili berilgan. 2023 yil 28-dekabrdagi 139-sh/t-sonli buyrug‘i bilan kotiba-referent Raupova Yulduzxon O’ktamovnaga 2023 yilning 20 iyundan 2024 yilning 19 iyunga qadar ishlagan ish davri uchun 2023 yil 29-dekabrdan boshlab 34 kalendar kundan iborat (21 kalendar kun asosiy mehnat ta’tili, 5 kalendar kun jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha ta’til, tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun 8 kalendar kun qo‘shimcha ta’til) mehnat ta’tili berilgan. Boshqarma jamoa shartnomasi 14.15-bandining d)-kichik bandida boshqarmaning barcha xodimlariga 9 kalendar kuni har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi belgilangan bo‘lsada, yuqoridagi buyruqlar bo‘yicha M.Egamovaga, M.Hasanova, Yu.Raupovalarning har biriga 4 kalendar kundan mehnat ta’tillari kam berilgan.
    Boshqarmaning 2023 yil 14-avgustdagi 59-sht-sonli buyrug‘i bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF-82-sonli Farmoni, PQ-176-sonli Qarori hamda 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-sonli Farmonlari bo‘yicha boshqarmaning tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tashkil etish sho‘‘basi bosh mutaxassisi Bozorova Nilufar Negbayevna shtatlar qisqarishi sababli tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 2-bandiga asosan 2023 yil 14-avgust kunidan o‘z arizasiga ko‘ra bekor qilingan. Shu’ba bosh mutaxassisi N.Bozorova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdan avval boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi olinmagan. Boshqarma jamoa shartnomasining 3-bo‘limi 3.10-bandida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish faqatgina kasaba uyushma qo‘mitasining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi deb belgilangan.
    Xodimning ishdan chetlashtirish.
    O’rganishda xodimlarning ishdan chetlashtirish holatlari aniqlanmadi. Bu haqda buyruqlar rasmiylashtirilmagan.
    Ish vaqti
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida 2023 yilda tasdiqlangan ichki mehnat tartib qoidalarining 4-bobi, 28-bandida ish vaqti va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti belgilangan. Boshqarma xodimlari uchun ish vaqti rejimi ertalab soat 9-00 dan 18-00 gacha. Tanaffus 13-00 dan 14-00 gacha deb belgilangan.
    Dam olish vaqti.
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida dam olish vaqti haftaning shanba va yakshanba kunlari deb belgilangan va barcha xodimlar ushbu kunlarda dam oladilar.
    Ishlanmaydigan bayram kunlari xodimlar ishga jalb qilinmagan
    Boshqarmada homilador ayollar, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinmagan va xizmat safariga yuborilmagan.
    Mehnatga haq to‘lash.
    Boshqarmada mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda haq to‘lanishi joriy qilingan. Barcha xodimlar smetada ko‘rsatilgan oylik ish haqlari va qo‘shimcha haqlarni o‘z vaqtida olib keladi.
    Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarni yengilroq ishga o‘tkazish holati aniqlanmadi.
    Ish vaqtidan tashqari dam olish kunlari va tungi vaqtda yoki ishlanmaydigan bayram kunlariga xodimlar ishga jalb qilinmagan.
    Ish haqidan ushlab qolish holatlari aniqlanmadi.Ish haqidan ushlab qolish holatlari aniqlanmadi.
    Mehnat ta’tiliga chiqadigan xodimga sog‘liqlarini tiklash uchun bir lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam berib kelinmoqda.
    Kafolatli to‘lov va kompensatsiyalar.
    Ish beruvchi xodimlarga kafolatli to‘lovlarni kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda, jumladan vakillik organlariga saylangan xodimlariga jamoatchilik ishilarini bajarishlari uchun oylik ish haqlarini saqlanmoqda, xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga xizmat safari pullari to‘lanib kelinmoqda, malaka oshirishda borib kelgan xodimlarning oylik ish haqlari va xizmat safarlar to‘lovlari to‘lanib kelingan.
    Rag‘batlantirish.
    Boshqarmada barcha rag‘batlantirishlarni amalga oshirish tartibi boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish boshqarmaning tegishli buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
    Boshqarma tomonidan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun tasdiqlangan summa doirasida hamda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq bayramlar munosabati bilan xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi.
    Rag‘batlantirish pullari xotin-qizlar va erkaklarga teng ravishda berilgan.
    Boshqarmada tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanmadi.
    Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida gender maslahat kengashi faoliyatini yuritish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  • “Navoiyuran” davlat korxonasi

    “Navoiyuran” davlat korxonasida Genderga oid audit o‘tkazilganligi haqida ma‘limotnoma
    20.09.2024 yil Navoiy shahri

    O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida” 2022 yil 15 dekabrdagi O’RQ-809-soni Qonuniga asosan davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o‘tkazish belgilangan. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2023 yil 21 iyuldagi 6-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan joriy yilning 3-choragida O’zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va uning tizimidagi korxonalarida genderga oid audit o‘tkazish tasdiqlangan.
    O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashining 2024 yil 11 sentyabrdagi ¹ 115-p sonli farmoyishiga asosan, “Navoiyuran” davlat korxonasida jamoatchilik nazorati tartibida savolnomaga asosan genderga oid audit o‘tkazildi.
    O’tkazilgan Genderga oid audit natijalariga ko‘ra qo‘yidagilar aniqlandi:
    “Navoiyuran” davlat korxonasi Navoiy shahri Inspektorlar ko‘chasi 7-uyda joylashgan.
    Bosh direktor Fayzullayev Djamal Sabaxanovich.
    Xodimlar bilan ishlash Departamenti direktori
    Oltinov Aziz Ikromovich.
    Mehnat muxofazasi va texnika xafsizligi xizmati boshlig‘i Urokov Kamol Karimovich.
    Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va sifat menedjmenti tizimlari xizmati boshlig‘i- Xotin-qizlar kengashi raisi Xusanova Dilrabo Yangibayevna.
    6-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Temirov Davrbek Nizomovich ishlab kelmoqda.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 06 martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4629-sonli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 martdagi 170-sonli va O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligining 2021 yil 28 dekabrdagi 130/08-qr-sonli Qarorlariga asosan, “Navoiy KMK” DKning nomlanishi “Navoiyuran” davlat korxonasi deb o‘zgartirildi va “Navoiyuran” davlat korxonasi 01.01.2022 yildan o‘z faoliyatini boshlagan.
    Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi “Urankamyobmetgeologiya” aksiyadorlik jamiyatining uran, nodir va kamyob metallar qazib olish bo‘yicha istiqbolli maydonlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan barcha aktivlari va majburiyatlari “Navoiyuran” davlat korxonasiga o‘tkazildi va O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligining 2022 yil 22 avgustdagi 106/10-2-qr-sonli Qaroriga ko‘ra “Navoiyuran” davlat korxonasi tuzilmasi yangidan tasdiqlandi hamda korxonaning 2022 yil 31 oktyabrdagi 368-sonli buyrug‘iga asosan korxona tarkibida “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etilgan.
    Bugungi kunda korxonaning Boshqarmasi hamda 13 ta bo‘linmalarida, turli konvensiyalarga mansub turli millat vakillari, 9322 nafar mehnatkashlar sonini tashkil qiladi. Ular respublikamizning Navoiy va Samarqand viloyatida joylashgan Uchquduq, Zarafshon, Konimex, Navoiy, Nurobod tuman va shaharlari, shuningdek, shahar tipidagi Zafarobod qo‘rg‘oni va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
    “Navoiyuran” davlat korxonasida xotin-qizlar va erkak sonining nisbatini o‘rganish.
    2024 yil 01 sentabr holatiga ko‘ra “Navoiyuran” davlat korxonasida 9322 nafar kishi ishlaydi, shulardan:
    Rahbarlar – 855 nafarni, mutaxassislar – 945 nafarni, xizmatchilar – 67 nafarni va ishchilar 7455 nafarni tashkil qiladi.
    Jami xodimlarning 903 nafari ayollardan shundan 191 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan ayollardan iborat.
    Korxona tarkibiga yoshlarni ishga jalb etish sezilarli darajada amalga oshirilishi natijasida, korxona xodimlarining o‘rtacha yoshi 37 yoshdan iborat.
    Bugungi kunda “Navoiyuran” DKda mehnat qilib kelayotgan 30 yoshga to‘lmagan yoshlar soni 2166 nafar yoki 23,3 foizni, 31 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 3572 nafar yoki 38,3 foizni, 41 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 2289 nafar yoki 24,5 foizni, 51 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 1228 nafar yoki 13,2 foizni, 60 yoshdan yuqori 67 kishi yoki 0,7 foizni tashkil etadi.
    Korxonada xodimlarning sifat tarkibini yaxshilashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, 2024 yil 01 sentabr holatiga xodimlarning 1924 nafari yoki 20,7 foizi oliy ma’lumotli, 4262 nafari yoki 45,7 foizi o‘rta-maxsus ma’lumotli, 3136 nafari yoki 33,6 foizi umumiy o‘rta ma’lumotli kadrlarni tashkil etadi.
    2024 yil 01 yanvardan 2024 yil 01 sentyabrga qadar korxonaga jami 569 nafar xodim ishga qabul qilingan bo‘lib, ulardan 73 nafari ayollarni, 297 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil qiladi.
    Zaxira kadrlar bazasi:
    “Navoiyuran” davlat korxonasining rahbar lavozimlariga xodimlarning shaxsiy ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash va liderlik qobiliyatlariga ko‘ra zaxira nomzodlarni shakllantirish “Korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan rahbar va mutaxassislarni lavozimga ko‘tarish maqsadida kadrlar zahirasini shakllantirish va yangilab borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra amalga oshirilib kelinmoqda.
    Joriy yil uchun shakllantirilgan kadrlar zahirasi tarkibiga 210 nafar nomzod kiritilgan bo‘lib, shundan quyidagi rahbarlik lavozimlariga 23 nafar xotin-qizlarning nomzodlari kiritilgan:
    - Bosh direktorning iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari; (1)
    - Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo bo‘yicha direktor; (1)
    - Bosh direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi; (2)
    - Boshqarma Resurs va zaxiralar monitoringi bo‘limi boshlig‘i; (2)
    - Boshqarma Texnik nazorat xizmati boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Bozor tahlili va tijorat strategiyasi bo‘limi boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Sotish bo‘limi boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va sifat menejmenti tizimlari xizmati boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Kadrlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari; (1)
    - Boshqarma Kadrlar tayyorlash xizmati boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Xodimlarni baholash xizmati boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati boshlig‘i; (2)
    - Boshqarma Tartibot bo‘limi boshlig‘i; (1)
    - Ishlab chiqarish-texnik bo‘limi boshlig‘i; (1)
    - Reja-smeta bo‘limi boshlig‘i; (1)
    - Bosh direktorning matbuot kotibi – Axborot PR xizmati boshlig‘i; (1)
    - Boshqarma Ofis-menejer bo‘limi boshlig‘i; (3)
    - Boshqarma Ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i. (1)
    Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish.
    “Navoiyuran” DKda kadrlarni malakasini oshirish va kasbiy tayyorlash “Navoiyuran” DK Iste’dodni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash Boshqarmasi Kadrlar tayyorlash xizmati, “Navoiyuran” DK Kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi hamda O’quv punkti tomonidan amalga oshiriladi. “Navoiyuran” DKda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish ishlari korxona ehtiyoji va tasdiqlangan o‘quv reja dasturlar bo‘yicha tashkil etiladi.
    Bugungi kunga qadar korxonaning 5263 nafar xodimlarining (226 nafar xotin-qizlar) malakasi oshirildi va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qitildi, Xodimlar o‘rnatilgan tartibda imtihonlardan o‘tdi tegishli sertifikatlar olindi va guvohnomalar berildi.
    Korxonada Kadrlarni tayyorlash maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalariga “Navoiyuran” DKning asosiy ishlab chiqarish maydonlarida sohaga mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha dual ta’lim tamoyili asosida mashg‘ulotlarni tizimli olib borish yo‘lga qo‘yilgan.
    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Geologiya fanlari universiteting talabalariga va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Uchquduq sanoat texnikumi o‘quvchilariga korxona bo‘linmalarida malakaviy va diplom oldi amaliyot o‘tash tashkil etilmoqda.
    Xodimlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki
    “Navoiyuran” davlat korxonasida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmasiga birlashgan. Barcha xodimlar kasaba uyushma a’zosi hisoblanadi.
    “Navoiyuran” davlat korxonasining 2022 yil 29 apreldagi NKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi 6-son Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasining navbatdagi hosobot-saylov konferensiyasida “Navoiyuran” DK xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi a’zolari va qo‘mita raisi saylangan. Qo‘mita a’zolari tarkibiga O.Temirov, D.Temirov, S.Sapfarov, T.Fayziyev, Yu.Ro‘ziyevlar saylanib, qo‘mita raisi etib Temirov Davrbek Muhitdinovich saylangan.
    Qo‘mita yig‘ilishlari bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishlar kvorum asosida o‘tkazilgan.
    Xodimlarning salomatligi va mehnat muxofazasi.
    Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqilganligi, belgilangan tartibda mehnatning xavfsiz usul va uslublariga o‘rgatilganligi.
    Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha tahliliy axborot tayerlash, bunda QMQ, ShNQ, SanQ va M sohaga oid mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablari inobatga olinishi zarur.
    O’zKUF Kengashi Rayosatining 04.04.2017 yil 6-44“s”-sonli qaroriga 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi nizomi talablariga mos ravishda komissiya tuzilishi ta’minlangan.
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1995 yil 18 dekabrda 196-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Nizom talablari asosida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar saylangan va ularni mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishlari yuzasidan o‘qitilishi va bilimlari sinovdan o‘tkazilishi ta’minlangan.
    O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib nizomga 1-ILOVA Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari soni normativlari va 2-ILOVA Tashkilot mehnatni muhofaza qilish xizmatining tavsiya etilgan tuzilmasida belgilangan talablarga rioya qilingan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy qilingan va mas’ul xodim tayinlangan.
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1996 yil 14 avgustda 272-con bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomning
    8-9-10-banlari talablariga muvofiq xodimlar kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazilib, tegishli jurnallarga qayd etilgan, ish joyidagi yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish jurnallari mavjud. Navbatdan tashqari yo‘riqlardan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan.
    Korxonadagi mavjud barcha kasb va ish turlari uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2000 yil 7 yanvarda 870-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizom talablari bo‘yicha xodimlarni xavfsiz mehnat usullarida ishlashlari uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda korxonaning bino va ob’ektlari mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyixalashtirilgan va ish joylari xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida jihozlangan va isitish, sovitish tizimlari bilan ta’minlangan.
    Ish beruvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 393-moddasi talablari bo‘yicha ayollar uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishlari ta’qiqlanishiga amal qilingan.
    Korxonaning ma’muriy, ishlab chiqarish binolari, sanitariya-maishiy xonalari, omborxonalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”, QMQ 3.01.02-00 talablariga muvofiq tashkil qilingan. Yong‘in havfsizligi burchaklari tashkil qilingan va belgilangan tartibda jihozlangan.
    Tashkilotda maishiy xonalar (kiyimxona, yuvinish, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari va boshqalar) va ularni o‘rnatilgan me’yorlarga asosan soni va jihozlanishi (ShNQ 2.09.04-09) talablari doirasida amalga oshirilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 360-moddasiga muvofiq, xodimlarni davriy tibbiy ko‘riklari tashkil etilgan. 2024 yil 18 yanvardagi daloltnomaga bilan 229 nafar xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
    Xalqaro milliy qonunchilik va lokal hujjatlar ijrosi “Navoiyuran” DK Jamoa shartnomasi 2022-2024 yillar uchun tuzilgan.
    Amaldagi jamoa shartnomasida BMTning qarorlari, Deklaratsiya, Konvensiya va boshqa xalqaro shartnomalar shartlari bajarilishiga oid bandlar hamda O’zbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi, Qonunlari, normativ-huquqiy hujjatlarining Inson huquqlari va mehnat qilish bilan bog‘liq normalari kiritilgan.
    Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquqlilik hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga oid gender tenglik bo‘yicha normalar o‘z aksini topgan.
    O’tgan yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobotlar berilgan.
    “Navoiyuran” DK ning ichki mehnat tartib qoidalari 2022 yil 05 yanvarda ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma NKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi bilan kelishib tasdiqlangan. Ichki mehnat tartib qoidalari va jamoa shartnomasi barcha xodimlarga imzo qo‘ydirib tanishtirilgan.
    “Navoiyuran” DK ning xodimlar lavozimlari bo‘yicha yo‘riqnomalari korxonaning 2024 yil 09 aprkldagi 151-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va barcha xodimlar tanishtirilgan.
    Maslahat kengash organlari 2023 yilning 17 fevralida “Navoiyuran” DKning “Xotin-qizlar Kengashini tuzish, Kengash raisi va kengash a’zolari tarkibini tasdiqlash” to‘g‘risidagi 01-01-01/09/684-sonli majlis bayoni asosida, korxonada Xotin-qizlar Kengashi tashkil etilgan.
    Kengash raisi etib, Boshqarmaning standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlari xizmati boshlig‘i Dilrabo Yangibayevna Xusanova tayinlangan.
    Bo‘linmalarda ham Xotin-qizlar kengashi mas’ullari bo‘linmalarning majlis bayonlari asosida tayinlanganlar.
    Xotin-qizlar kengashi, “Navoiyuran” DK Xotin-qizlar Kengashi tomonidan 2024 yilda amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan, quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
    - 8-mart xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Kombinatning Oltin ayoli” ko‘rik tanlovi o‘tkazilganligi;
    - “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O’zbekistonim” bosh g‘oya asosida 21-mart Navro‘z umumxalq bayramida korxonamiz xotin-qizlari bayram tadbirida a’lo kayfiyatda ishtirok etishganligi;
    - ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazilganligi;
    - 15-may Xalqaro oila kuniga bag‘ishlanib tadbir o‘tkazilganligi;
    - xotin-qizlarning ishdan bo‘sh vaqtlarida daromad keltiruvchi hunarlarni egallashlari maqsadida mahorat darsi ya’ni master klasslar o‘tkazilganligi;
    - “O’zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” nomli ichki turizm dasturini qo‘llab quvvatlash maqsadida, xotin-qizlarimizning bayram va dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari uchun arxeologik, me’moriy yodgorliklar bilan yaqindan tanishishlari maqsadida sayohatlar tashkil etilganligi;
    - xotin-qizlarimizning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida bo‘linmalarda turli xil sport tadbirlari tashkil etilganligi;
    - korxona Boshqarmasi hamda bo‘linmalarida “Xon atlas” festivalining o‘tkazilganligi shular jumlasidandir.
    Bundan tashqari, korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida tegishli mutaxassislar bilan birgalikda muntazam ravishda ularning ish joylari nazorat qilib turilgan;
    - ayollarning ijtimoiy ahvoli (kam ta’minlangan, nogiron farzandi bor) o‘rganilib, qo‘shimcha moddiy yordamlar ajratilgan;
    - yosh farzandi bor yolg‘iz onalarga o‘quv qurollari olib berilgan;
    - ularning oilasi bilan dam olishi uchun sihatgohlarga yo‘llanmalar ajratilgan.
    Mehnat munosabatlarga kirishish, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlar.
    “Navoiyuran” DKda xodimlarni ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqqa egaligi ta’minlangan.
    “Navoiyuran” DK da ishlovchi barcha ishchi-xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilgan va bir nusxasi berilgan hamda ma’lumotlar xodimning mehnat daftarchasiga va Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy apparat kompleksiga kiritilgan.Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimlarga mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma xodimlarga buyruq chiqarilgan kunda berilgan, oxirgi hisob-kitob ishlari buyruq chiqarilgan kuni amalga oshirilgan.
    Ishdan bo‘shatilganlar soni 227 tani tashkil etmoqda shundan, 167 tasi xodimning tashabbusi bilan, 23 tasi ish beruvchining tashabbusi bilan va 37 tasi boshqa sabablarga ko‘ra.
    Jazolashlar 2041 tani shundan 1081 tasi intizomiy jazolar va 960 tasi mukofot pulidan maxrum etish.
    Ta’tillar 6938 tani shundan 5170 tasi mehnat ta’tillari, 582 tasi o‘quv ta’tili, 79 tasi tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyin bola parvarishi ta’tillari va 1107 tasi ish haqi saqlanmagan holda ta’tillarni tashkil etmoqda.
    2024 yil 01 sentabr holatida “Navoiyuran” davlat korxonasida kadrlar qo‘nimsizligi 0.96 foizni tashkil etmoqda.
    “Navoiyuran” DKda ishchi-xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning yakuniy natijalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
    Jumladan 2024 yil davomida korxonaning jami 2 nafar shundan 1 nafari ayol Davlat mukofoti bilan, jami 36 nafar shundan 3 nafari ayollar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi faxriy yorlig‘i bilan, jami 19 nafar shundan 4 nafari ayollar “Korxona Faxriysi” unvoni bilan, jami 8 nafari 2-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, jami 33 nafar shundan 5 nafari ayollar 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, jami 115 nafar shundan 38 nafari ayollar korxona “Faxriy yorlig‘i” bilan, jami 26 nafar shundan 3 nafari ayollar korxona Tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
    Shuningdek, “Navoiyuran” DKga ishga qabul qilish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 06 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarori va boshqa normativ huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
    Shu bilan birga “Navoiyuran” DKga ishga qabul qilish davrida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomi korxonaning 2024 yil 17 sentyabrdagi 366-sonli buyrug‘iga (yangilangan) asosan tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda mazkur Nizom talablariga qat’iy amal qilgan holda tanlov tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
    “Navoiyuran” DK xodimlarining ish tartibi quyidagicha belgilanadi:
    Besh kunlik ish haftasida:
    - Ishning boshlanishi – 08.00;
    - Tanaffus (tushlik) – 12.00-13.00;
    - Ishning tugashi – 17.00;
    Olti kunlik ish haftasida:
    - Ishning boshlanishi – 08.00;
    - Tanaffus (tushlik) – 12.00-13.00;
    - Ishning tugashi – 16.00;
    - Shanba kunlari tanafussiz 08.00 dan 13.00 gacha.
    Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etish tartibi.
    Ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holdagi yozma buyrug‘i bo‘yicha xodimlarning shaxsiy roziliklariga ko‘ra dam olish va bayram kunlari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 209-212 moddalari talablariga qat’iy amal qilgan holda ishga jalb etilgan. Ishga jalb etilgan xodimlarga Mehnat kodeksining 263-moddasiga asosan haq to‘langan.
    “Navoiyuran” davlat korxonasining 2022-2024 yillar uchun qabul qilingan Jamoa shartnomasiga muvofiq korxonada mehnat ta’tilining davomiyligi quyidagicha belgilangan:
    Asosiy ta’til:
    ishchi-xizmatchilar uchun 24 kalendar kunni;
    rahbarlar va mutaxassislar uchun 26 kalendar kunni tashkil etadi va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan qo‘shimcha ta’tillar taqdim etiladi.
    Ommaviy tadbirlarda barcha ayollar teng qatnashib kelgan (tadbirlardan ajratish holati aniqlanmadi).
    Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
    “Navoiyuran” DK da xotin-qizlar va erkaklarning mehnat qilishida bir xil huquq va erkinliklar yaratilgan, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
    Xodimlarning jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligiga qarab biron-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilanmagan.
    “Navoiyuran” DK ning 2024 yilgi ta’tillar jadvali 2023 yil 28 dekabrda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan, barcha xodimlar to‘liq tanishtirilgan.
    Xodimning ishdan chetlashtirish.
    O’rganishda xodimlarning ishdan chetlashtirish holatlari aniqlanmadi. Bu haqda buyruqlar rasmiylashtirilmagan.
    Ish haqidan ushlab qolish holatlari aniqlanmadi.
    Kafolatli to‘lov va kompensatsiyalar.
    Ish beruvchi xodimlarga kafolatli to‘lovlarni kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda, jumladan vakillik organlariga saylangan xodimlariga jamoatchilik ishilarini bajarishlari uchun oylik ish haqlarini saqlanmoqda, xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga xizmat safari pullari to‘lanib kelinmoqda, malaka oshirishda borib kelgan xodimlarning oylik ish haqlari va xizmat safarlar to‘lovlari to‘lanib kelingan.
    Rag‘batlantirish pullari xotin-qizlar va erkaklarga teng ravishda berilgan.
    “Navoiyuran” DK da o‘tkazilgan Genderga oid audit natijasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari shuningdek, ish beruvchi tomonidan qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar qabul qilishda, xodimlarning huquqlariga dahildor bo‘lgan lokal hujjatlarni qabul qilishda, mehnat munosabatlarini tartibga solishda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida Genderga oid tenglik talablari buzilganlik xolatlari aniqlanmadi.
  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida Genderga oid audit o‘tkazilganligi haqida ma’lumotnoma
    19.09.2024 yil Navoiy shahri

    O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida” 2022 yil 15 dekabrdagi O’RQ-809-soni Qonuniga asosan davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o‘tkazish belgilangan. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2023 yil 21 iyuldagi 6-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan joriy yilning 3-choragida O’zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va uning tizimidagi korxonalarida genderga oid audit o‘tkazish tasdiqlangan.
    O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashining 2024 yil 11 sentyabrdagi ¹ 115-p sonli farmoyishiga asosan, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida jamoatchilik nazorati tartibida savolnomaga asosan genderga oid audit o‘tkazildi.
    O’tkazilgan Genderga oid audit natijalariga ko‘ra qo‘yidagilar aniqlandi:
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi 22 uyda joylashgan.
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boshqaruv raisi
    Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich.
    Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Xoshimov Farxod Maxammadzulunovich.
    Mehnat muxofazasi va xafsizlik texnikasi boshqarmasi boshlig‘i Tursunov Alisher Rinatovich.
    Ayollar kengashi raisi Nazarova Saboxat Yuldashevna.
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar va erkak sonining nisbatini o‘rganish.
    “NKMK” AJ tizimida 2024 yil 1 avgust holatiga jami tasdiqlangan shtat lar jadvaliga muvofiq, 47 495 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Shundan, 4 761 nafari rahbarlar, 3 905 nafari mutaxassislar va 38829 nafari ishchi-xizmatchilarni tashkil etadi. Xodimlarning 6 198 nafari ayollar, 11514 nafari yoshlardir.
    Jamiyatda xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, 1 avgust holatiga xodimlarning
    12 085 nafari oliy, 3 253 nafari o‘rta-maxsus, 20 084 nafari o‘rta va malakaviy ma’lumotga ega bo‘lsa, 10 801 nafari umumiy o‘rta, 1228 nafari o‘rta va 44 nafari boshlang‘ich ma’lumotga ega.
    2024 yilning uchinchi choragi davomida 700 nafar fuqarolar ishga qabul qilingan bo‘lib, ularning 388 nafari ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘lib, 242 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil qiladi.
    Shu bilan birga, 799 nafar ishchi-xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
    Joriy yilning 1 avgust holatiga jamiyatda kadrlar qo‘nimsizligi 2024 yilda 1,34 foizni tashkil qilmoqda.
    Kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha kombinat bo‘linmalari tizimida 3 ta O’quv markazi, 2 ta O’quv-kurs kombinat mavjud bo‘lib, 1 avgust holatiga 7 249 (114%) nafar (883 nafar ayollar) ishchi-xodim o‘qitildi, shundan 2 975 nafari qayta tayyorlash shuningdek ikkinchi va ko‘shimcha kasbga o‘qitildi hamda 4 274 nafari malakasini oshirdi.
    Shu bilan birga, respublika oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida 1 557 nafar (18 nafar ayollar) rahbar, mutaxassis va xodimlarning malakasi oshirildi.
    Jamiyatda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning ishchanligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
    Joriy yilning 1 avgust holatiga jamiyat korxonalarida faoliyat yuritayotgan 335 nafarga (96 nafari ayollar) yaqin xodimlar “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati Faxriysi” unvoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
    “NKMK” AJ xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmasiga birlashgan. Barcha xodimlar kasaba uyushma a’zosi hisoblanadi.
    Xalqaro milliy qonunchilik va lokal hujjatlar ijrosi “NKMK” AJ Jamoa shartnomasi 2022-2024 yillar uchun tuzilgan. Mehnat jamoasining konferensiyasida 2022 yil 14 iyunda 1 sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan.
    Amaldagi jamoa shartnomasida BMTning qarorlari, Deklaratsiya, Konvensiya va boshqa xalqaro shartnomalar shartlari bajarilishiga oid bandlar hamda O’zbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi, Qonunlari, normativ-huquqiy hujjatlarining Inson huquqlari va mehnat qilish bilan bog‘liq normalari kiritilgan.
    Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquqlilik hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga oid gender tenglik bo‘yicha normalar o‘z aksini topgan.
    “NKMK” AJ ning ichki mehnat tartib qoidalari 2022 yil 14 iyunda ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi Kengashi raisi bilan kelishib tasdiqlangan. Ichki mehnat tartib qoidalari va jamoa shartnomasi barcha xodimlarga imzo qo‘ydirib tanishtirilgan.
    Ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holdagi yozma buyrug‘i bo‘yicha xodimlarning shaxsiy roziliklariga ko‘ra dam olish va bayram kunlari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 209-212 moddalari talablariga qat’iy amal qilgan holda ishga jalb etilgan. Ishga jalb etilgan xodimlarga Mehnat kodeksining 263-moddasiga asosan haq to‘lanib kelinmoqda.
    “NKMK” AJ xotin-qizlar va erkaklarning mehnat qilishida bir xil huquq va erkinliklar yaratilgan, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
    Xodimlarning jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligiga qarab biron-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilanmagan.
    “NKMK” AJ ning 2024 yilgi ta’tillar jadvali kasaba uyushma kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan va barcha xodimlar to‘liq imzo qo‘yib tanishtirilgan.
    “NKMK” AJ bo‘linmalarida mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar ruyxati mehnat kodeksining 137-moddasiga asosan belgilangan.
    Xodimlarga mehnat ta’tili, ijtimoiy ta’tillar va ish haqi saqlanmaydigan ta’tillarni berilishida genderga oid tenglik talablari buzilmagan.
    O’rganishda xodimlarning ishdan chetlashtirish holatlari aniqlanmadi. Bu haqda buyruqlar rasmiylashtirilmagan.
    Xodimlar mehnatga haq to‘lash haqidagi lokal xujjatlarda xotin-qizlar va erkaklarning mehnatiga haq to‘lashda, shuningdek kasb va lavozimlar bo‘yicha tafovutlar, ish haqidan ushlab qolish holatlari aniqlanmadi.
    Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslarni berish tartibi har bir aniq holatlarda bolasi bor ayolning xohishiga ko‘ra bo‘linmalarning rahbarlari bilan kelishilgan holda belgilangan.
    Yakka tartibdagi mehnat nizolari, ya’ni mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni, mehnat tshartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llanish yuzasidan ish beruvchi va xodim o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar mehnat nizolari komissiyasi tomonidan hal qilingan.
    Kafolatli to‘lov va kompensatsiyalar.
    Ish beruvchi xodimlarga kafolatli to‘lovlarni kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda, jumladan vakillik organlariga saylangan xodimlariga jamoatchilik ishilarini bajarishlari uchun oylik ish haqlarini saqlanmoqda, xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga xizmat safari pullari to‘lanib kelinmoqda, malaka oshirishda borib kelgan xodimlarning oylik ish haqlari va xizmat safarlar to‘lovlari to‘lanib kelingan.
    Ushbu holatlarda Genderga oid tenglik talablari buzilmagan.
    Maslahat kengash organlari
    2023 yilning 06 oktyabrdagi ¹587 sonli buyruq bilan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha Maslahat kengashi va Ayollar kengashi tashkil etilgan.
    “NKMK” AJ 2023 yil 13 oktyabrdagi 601-sonli buyrug‘iga ilova “Navoiy kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar va merkaklar uchun teng huquq hamda inkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat-kengash faoliyatini tashkil etish bo‘yicha NIZOM tasdiqlangan.
    Bo‘linmalarda ham Maslahat kengashi va Ayollar kengashi mas’ullari bo‘linmalarning majlis bayonlari asosida tayinlanganlar.
    “NKMK” AJ Ayollar Kengashi tomonidan 2024 yilda amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan, quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
    - Xotin-qizlar ishtirokida “Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilganligi;
    - 8-mart xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “NKMK” AJ bo‘linmalarida “Nafosat malikalari” ko‘rik tanlovi o‘tkazilganligi;
    - Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazilganligi;
    - “NKMK” AJ bo‘linmalarida mahorat darslari o‘tkazilganligi;
    - Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilganligi;
    - “NKMK” AJ va uning bo‘linmalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida ziyoratgohlarga, muqaddas qadamjolarga sayohatlar o‘tkazilganligi shular jumlasidandir.
    Bundan tashqari, korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida tegishli mutaxassislar bilan birgalikda muntazam ravishda ularning ish joylari nazorat qilib turilgan;
    - ayollarning ijtimoiy ahvoli (kam ta’minlangan, nogiron farzandi bor) o‘rganilib, qo‘shimcha moddiy yordamlar ajratilgan;
    - yosh farzandi bor yolg‘iz onalarga o‘quv qurollari olib berilgan;
    - ularning oilasi bilan dam olishi uchun sihatgohlarga yo‘llanmalar ajratilgan.
    Jamiyatda faoliyat yuritayogan ayol ishchi-xodimlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar 2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, “NKMK” AJ va uning tarkibidagi bo‘linmalarda tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq, 47 495 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda, shundan, 4 761 nafari rahbarlar, 3 905 nafari mutaxassislar va 38 829 nafari ishchi, xizmatchilar (6 198 nafari ayollar).
    Kombinatning 6 198 nafari ayollar orasidan
    Rahbarlar – 263 nafar;
    Mutaxassislar – 1071 nafar;
    ishchi, xizmatchilar – 4864 nafar.
    Shu jumladan ayol xodimlarning ta’lim turi bo‘yicha:
    1 319 nafari oliy;
    815 nafari o‘rta-maxsus;
    2 332 nafari o‘rta va malakaviy ma’lumot;
    1 722 nafari umumiy o‘rta.
    2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra “Navoiy KMK” AJ tarkibidagi korxonalarda jami 9 857 (532 ta ayollar). ta qoidabuzarliklar aniqlangan, 3218 nafar (33%) rahbar xodimlar, 782 nafar (7,9%) muhandis-texnik xodimlar va 5 857 nafar (59,4%) ishchi xodimlarga intizomiy jazolarga qo‘llanilgan.
    2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra Jamiyatda faoliyat yuritayogan 5 125 nafar ayol ishchi-xodimlar profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
    “Navoiy KMK” AJda ishga qabul qilish jarayonlaridagi
    tartib-taomillar tahlili
    “Navoiy KMK” AJda ishga qabul qilish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023 yil 26 iyundagi 52-2023/B-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizom” va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan foydalaniladi.
    Shu bilan birga, “Navoiy KMK” AJning 2023 yil 16 may kuni 255-sonli buyrug‘i bilan “Navoiy KMK” AJning kadrlar siyosati”, 2024 yil 7 martdagi 142-sonli buyrug‘i bilan “Navoiy KMK” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalariga tanlov asosida kadrlarni ishga qabul qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom”, “Navoiy KMK” AJ markaziy apparati kadrlarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov komissiyasi” va “Tanlov yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi” tasdiqlangan.
    “Navoiy KMK” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalariga tanlov asosida kadrlarni ishga qabul qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, ishga qabul qilish tegishli sohadagi yuqori malakali mutaxassislar, ishchilar va kasaba uyushmasi vakillaridan tashkil topgan Tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
    Jamiyatda bo‘sh ish o‘rniga ishga olish ichki tanlov va tashqi tanlov orqali o‘tkaziladi.
    Mazkur jarayonlar qisman avtomatlashtirilgan bo‘lib, ichki tanlov uchun “ichkitanlov.ngmk.uz”, tashqi tanlov uchun “mehnat.ngmk.uz” elektron platformalari yordamida bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish va nomzodlar tomonidan birlamchi hujjatlarni yuborish imkoniyati mavjud.
    Respublika miqyosida va xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida, “hh.uz” sayti orqali bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.
    Kombinatda kadrlar qo‘nimsizligi tahlili to‘g‘risida 2022-2024 yillar davomida “Navoiy KMK” AJ tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritgan xodimlarning 6 532 nafari bilan mehnat shartnomasi turli sabablar bilan bekor qilingan. Xususan, 2022 yilda 46 629 nafar ishchi xodimdan 2 346 nafari (5,0%) bilan, 2023 yilda 47 390 nafar ishchi xodimdan 3018 nafari (6,3%) bilan, joriy yilda 47 390 nafar ishchi xodimdan 1 168 nafari (2,4 foizi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
    Ularning 2268 nafari (34,7%) Kombinat korxonalariga boshqa ishga ko‘chirilgan, 2483 nafari (38,0%) o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan, 1 184 nafari (18,1%) pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan, 307 nafar (4,7%) tomonlar xohishiga bog‘lik bo‘lmagan holatlar, 99 nafari (1,5 %) chet elga ketishi munosabati bilan, 38 nafari (0,6%) mehnat shartnomasining muddati tugaganligi, 142 nafari (2,1%) taraflarning kelishivuga asosan, 11 nafari (0,2%) sinov muddati davrida xodim tomonidan mehnat shartnomlari bekor qilingan.
    Shuni ta’kidlash lozimki, 99 nafar chet elga ketgan mutaxassislardan 18 tasi oliy ma’lumotli, 31-45 yoshgacha bo‘lganlari 48 nafarni tashkil qilib, ulardan 72 tasining ish staji 6 yildan ortiqni tashkil etgan. Mazkur holat shuni ko‘rsatadiki, umumiy ishdan bo‘shaganlardan xorijga ketganlar 1,5% tashkil etgan bo‘lsa-da, ulardan 72% yetarlicha sohaga oid malakaga ega bo‘lgan va kadrlar qo‘nimsizligi elementi sifatida qarash mumkin.
    Kelgusi davrda 5 yildan ortiq ishlagan xodimlarni xorijga ketish sabablarini yetarlicha o‘rganish, ularni kombinatda qolishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
    Kombinatda kadrlar qo‘nimsizligi 2017-2019 yilda 3-3,5 % tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-2023 yil va 2024 yil yanvar-may oylarida 2,07% tashkil qilgan.
    Bu ko‘rsatkich yillar kesimida tahlil qilinganda 2022 yilda xodimlarning o‘rtacha yillik soni 45 696 nafarni tashkil etib, bulardan mehnat shartnomasini o‘z xohishiga ko‘ra bekor qilganlar 935 nafar, mehnat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganlar 150 nafarni, ish o‘rni qisqarganlar 1 nafar bo‘lib, jami 530 nafar xodimlar ishdan ketgan bo‘lib, kadrlar qo‘nimsizligi 2,37 foizni tashkil qilgan.
    2023 yilda xodimlarning o‘rtacha yillik soni 46 220 nafarni tashkil etib, ulardan mehnat sharnomasini o‘z xoxishiga ko‘ra bekor qilganlar 1247 nafar, mehnat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganlar 102 nafar bo‘lib, jami 1349 nafar xodimlar ishdan ketgan bo‘lib, kadrlar qo‘nimsizligi 2,92 foizni tashkil qilgan.
    2024 yilning o‘tgan davrida xodimlarning o‘rtacha yillik soni 46 809 nafarni tashkil etib, ulardan mehnat shartnomasini o‘z xohishiga ko‘ra bekor qilganlar 400 nafar, mehnat majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganlar 36 nafar, ish o‘rni qisqarganlar 1 nafar, jami 437 nafar xodimlar ishdan ketgan bo‘lib, kadrlar qo‘nimsizligi 0,93 foizni tashkil qilmoqda.
    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi faoliyati tahlili
    “Navoiy KMK” AJning Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boshqarmasi faoliyati O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 22 sentyabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O’RQ-410-sonli Qonuni talablari bajarilishiga qaratilgan.
    Jamoa shartnomasi 2022-2024 yillar uchun tuzilgan va mehnatni muhofaza qilish qismining mazmuni “O’zKUF jamoa shartnomasi maketi”ga moslashtirilgan.
    O’zKUF Kengashi Rayosatining 04.04.2017 yil 6-44“s”-sonli qaroriga 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi nizomi talablariga mos ravishda komissiya tuzilishi ta’minlangan.
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1995 yil 18 dekabrda 196-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Nizom talablari asosida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar saylangan va ularni mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishlari yuzasidan o‘qitilishi va bilimlari sinovdan o‘tkazilishi ta’minlangan.
    O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib nizomga 1-ILOVA Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari soni normativlari va 2-ILOVA Tashkilot mehnatni muhofaza qilish xizmatining tavsiya etilgan tuzilmasida belgilangan talablarga rioya qilingan holda jamiyatda Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boshqarmasi tashkil etilib, 175 nafar mutaxassis va mas’ul xodimlar tayinlangan.
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1996 yil 14 avgustda 272-con bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomning 8-9-10-banlari talablariga muvofiq, xodimlar kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazilib, tegishli jurnallarga qayd etilgan, ish joyidagi yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish jurnallari mavjud. Navbatdan tashqari yo‘riqlardan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda korxonaning bino va ob’ektlari mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyixalashtirilgan va ish joylari xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida jihozlangan va isitish, sovitish tizimlari bilan ta’minlangan.
    Ish beruvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 393-moddasi talablari bo‘yicha ayollar uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishlari ta’qiqlanishiga amal qilingan.
    Korxonaning ma’muriy, ishlab chiqarish binolari, sanitariya-maishiy xonalari, omborxonalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”, QMQ 3.01.02-00 talablariga muvofiq tashkil qilingan. Yong‘in havfsizligi burchaklari tashkil qilingan va belgilangan tartibda jihozlangan.
    Tashkilotda maishiy xonalar (kiyimxona, yuvinish, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari va boshqalar) va ularni o‘rnatilgan me’yorlarga asosan soni va jihozlanishi (ShNQ 2.09.04-09) talablari doirasida amalga oshirilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 360-moddasiga muvofiq, xodimlarni davriy tibbiy ko‘riklari tashkil etilgan. O’rganish kuniga qadar NKMK AJ markaziy apparatida 2024 yil 20-25 sentyabrga qadar 151 nafar ayollar, “1-son GMZ” KBda 2023 yil 27 fevraldagi dalolatnomaga asosan 1018 nafar xodimlar, “3-son GMZ”da 2023 yil 09.06-23.08 kuniga qadar 1747 nafar, “6-son GMZ”da 2024 yil 7-31 mayiga qadar 702 nafar, ShKB da 2023 yil 04.10-02.11 kuniga qadar 286 nafar hamda MKBning ATBda 2024 yil 1avgustdagi dalolatnomaga asosan 3155 nafar xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
    2022-2024 yillarda “Navoiy KMK” AJ xodimlarining kasbiy majburiyatlari doirasida mehnat muhofazasi bo‘yicha ularning malakasini oshirish maqsadida 1000 nafar xodim o‘qitilgan va bilim darajasi oshirilgan.
    Yuqoridagi ko‘rilgan amaliy choralar natijasida 2023-yilning 12 oyida baxtsiz hodisalar sonining 2022-yilga nisbatan sezilarli darajada pasaygan, ya’ni 72%ga qisqarishiga erishilgan. O’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar soni 14 tadan (2022 yil) 1 taga (2023 yil) kamaygan. Jarohatlanganlar soni esa 54 tadan (2022) dan 17 ta (2023) ga ya’ni 68 %ga kamaygan.
    “Qizilqum” kon boshqarmasi “Qizilqum” kon boshqarmasi tizimida 2024 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra jami tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq, 3773 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Shundan, 412 nafari rahbarlar, 285 nafari mutaxassislar va 3076 nafari ishchi-xizmatchilarni tashkil etadi. Xodimlarning 340 nafari ayollar, 1052 nafari yoshlar tashkil etadi.
    Kon boshqarmasida xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra xodimlarning 1235 nafari oliy, 259 nafari o‘rta-maxsus, 2279 nafari o‘rta va malakaviy ma’lumotga ega bo‘lsa, 816 nafari umumiy o‘rta, 1450 nafari o‘rta va 13 nafari boshlang‘ich ma’lumotga ega.
    Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra 271 nafar fuqarolar ishga qabul qilingan bo‘lib, ularning 56 nafari ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘lib, 116 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil qiladi.
    Shu bilan birga, 72 nafar ishchi-xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
    Joriy yilning 1 sentyabr holatiga jamiyatda kadrlar qo‘nimsizligi 2024 yilda 1,88 foizni tashkil qilmoqda.
    Kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha “Qizilqum” kon boshqarmasi tizimida Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish guruhi mavjud bo‘lib, joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra 880 nafar (shundan 40 nafari ayollar) ishchi-xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 533 nafari qayta tayyorlash, ikkinchi va ko‘shimcha kasbga hamda 262 nafari malakasini oshirish ishlari oshirildi.
    Shu bilan bir qatorda, respublika oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida 85 nafar (6 nafar ayollar) rahbar, mutaxassis xodimlarning malakasi oshirildi.
    Kon boshqarmasida xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning ishchanligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
    Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra Kon boshqarmasi korxonalarida faoliyat yuritayotgan 13 nafarga yaqin ishchi-xodimlar “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati Faxriysi” unvoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
    Kon boshqarmasida faoliyat yuritayogan ayol ishchi-xodimlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar 2024 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, “Qizilqum” kon boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalarida tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq, 3773 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib borayotgan bo‘lib shundan, 412 nafari rahbarlar, 285 nafari mutaxassislar va 3076 nafarini ishchi-xizmatchilar (340 nafari ayollar) tashkil etadi.
    “Qizilqum” kon boshqarmasi 340 nafari ayollar orasidan:
    Rahbarlar – 14 nafar;
    Mutaxassislar – 60 nafar;
    ishchi, xizmatchilar – 266 nafarni tashkil etadi.
    Shu jumladan ayol ishchi-xodimlarning ta’lim turlari bo‘yicha:
    94 nafari oliy;
    42 nafari o‘rta-maxsus;
    124 nafari o‘rta va malakaviy ma’lumot;
    80 nafari umumiy o‘rta.
    2024 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra “NKMK” AJ “Qizilqum” kon boshqarmasi tarkibidagi korxonalarda jami 848 (22 ta ayollar) marotaba qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 333 nafar (39,2%) rahbar xodimlar, 91 nafar (10,7%) muhandis-texnik xodimlar va 424 nafar (50%) ishchi xodimlarga intizomiy jazolar qo‘llanilgan.
    2024 yil 1 senyatbr holatiga ko‘ra Kon boshqarmasida faoliyat yuritayogan 340 nafar ayol ishchi-xodimlar profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
    “Qizilqum” kon boshqarmasida ishlovchi xodimlarning huquqlariga daxldor bo‘lgan lokal xujjatlarni qabul qilishda ya’ni; xodimlarga mehnat ta’tili berish to‘g‘risidagi jadvallarni ishlab chiqishda, xodimlarga ish vaqtlaridan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etish hamda xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda kasaba tuyushma qo‘mitasi faol ishtirok etib kelgan.
    Xodimlarni ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos qilingan. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ish joyi, mehnat vazifasi, ishning boshlanish sanasi, mehnatga haq to‘lash shartlari, mehnat shartnomasining muddati, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, mehnat ta’tillari amaldagi Mehnat kodeksi talablariga hamda boshqa normativ xujjatlarga muvofiq ravishda xodim va ish beruvchi tomonidan imzolangan holda rasmiylashtirilgan.
    “Qizilqum” kon boshqarmasida xodimlarga mehnat ta’tili, ijtimoiy ta’tillar va ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar berilishida Genderga oid tenglik talablari buzilmagan.
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Shimoliy kon boshqarmasi “NKMK” AJ tizimida Shimoliy kon boshqarmasi 2024-yil 18-sentyabr holatiga jami tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq, 7908 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Shundan, 1404 nafari rahbarlar va mutaxassislar, 6504 nafari ishchi-xizmatchilarni tashkil etadi. Xodimlarning 1129 nafari ayollar, 2021 nafari yoshlardir. Shimoliy kon boshqarmasida xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, 2024-yil 18-sentyabr holatiga xodimlarning 1382 nafari oliy, 4344 nafari o‘rta-maxsus, 2182 nafari o‘rta va malakaviy ma’lumotga ega.
    Shimoliy kon boshqarmasida bugungi kunda 285 nafar ayollar rahbar va texnik-muhandis lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    Shimoliy kon boshqarmasida 2024 yilning uchinchi choragi davomida 189 nafar fuqarolar ishga qabul qilingan bo‘lib, ularning 113 nafari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘lib, 148 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil qiladi.
    Shu bilan birga, 197 nafar ishchi-xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
    Joriy yilning 2024 yil 18-sentyabr holatiga jamiyatda kadrlar qo‘nimsizligi 2024 yilda 1.41 foizni tashkil qilmoqda.
    Kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha Shimoliy kon boshqarmasida O’quv kurs kombinati mavjud bo‘lib, 18-sentyabr holatiga 1993 nafar, (311 nafar ayollar) ishchi-xodim o‘qitildi, shundan 1128 nafari qayta tayyorlash shuningdek ikkinchi va ko‘shimcha kasbga o‘qitildi hamda 865 nafari malakasini oshirdi.
    Shu bilan birga, respublika oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida 67 nafar (13 nafar ayollar) rahbar, mutaxassis va xodimlarning malakasi oshirildi.
    Shimoliy kon boshqarmasida xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning ishchanligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
    Shimoliy kon boshqarmasida bugungi kunda 1-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan 21 nafar, 2-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan 48 nafar (shundan 1 nafar ayollar), 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan 37 nafar (shundan 8 nafar ayollar), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati Faxriysi” unvoni bilan 80 nafar (shundan 20 nafar ayollar).
    Shimoliy kon boshqarmasida faoliyat yuritayogan ayol ishchi-xodimlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar 2024 yil 18-sentyabr holatiga ko‘ra, Shimoliy kon boshqarmasida tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq, 7908 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda, shundan, 1404 nafari rahbarlar va mutaxassislar, 6504 nafari ishchi, xizmatchilar, 1129 nafari ayollar.
    Shimoliy kon boshqarmasining 1129 nafari ayollar orasidan
    Rahbarlar va mutaxassislar – 235 nafar;
    ishchi, xizmatchilar – 894 nafar.
    Shu jumladan ayol xodimlarning ta’lim turi bo‘yicha:
    124 nafari oliy;
    686 nafari o‘rta-maxsus;
    319 nafari umumiy o‘rta.
    2024 yil 18-sentyabr holatiga ko‘ra “Navoiy KMK” AJ Shimoliy kon boqsharmasida jami 1673 (132 ta ayollar) ta qoidabuzarliklar aniqlangan, 391 nafar (23%) rahbar xodimlar, 149 nafar (8%) muhandis-texnik xodimlar va 581 nafar (34%) ishchi xodimlarga intizomiy jazolarga qo‘llanilgan.
    “NKMK” AJ va uning tizimidagi korxonalarida Rag‘batlantirish pullari xotin-qizlar va erkaklarga teng ravishda berilgan.
    “NKMK” AJ va uning tizimidagi korxonalarida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanmadi.
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda o‘tkazilgan Genderga oid audit natijasida ish beruvchi tomonidan qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar qabul qilishda, xodimlarning huquqlariga dahildor bo‘lgan lokal hujjatlarni qabul qilishda, mehnat munosabatlarini tartibga solishda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida Genderga oid tenglik talablari buzilganlik xolatlari aniqlanmadi.