MEHNAT VA HUQUQ INSPEKSTORLARI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

HUQUQ VA MEHNAT INSPEKSTORLARII

   RAXMATOV ALISHER AXROROVICH

   O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi
   Huquq inspektori
    Telefon:    +998792260265
    Telegram bot: nvkasaba
     Elektron pochta: a.raxmatov@kasaba.uz
    Qabul vaqti:  Dushanba-Juma kunlari, 10:00 dan 13:00 gacha

  • Qisqacha tarjimai holi

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

Tug‘ilgan sana

29 yanvar 1979 yil 

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyati, Nurota tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Toshkent davlat yuridik instituti (sirtqi)

Mutaxassisligi

Huquqshunos

Tisimdagi ish staji

2003 yildan

Egallab turgan lavozimida

2011 yildan

O’z hududida O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari a’zolarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini ularga yetkazishda ishtirok etadi;
qabul qilinadigan farmoyish (buyruq)lar, qarorlar loyihalari imzolanishidan oldin ko‘rib chiqadi, boshqa bo‘limlar bilan birgalikda shartnomalar tayyorlash va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, boshqa tegishli bo‘limlardan keyin viza qo‘yadi;
shartnomalarni tuzish, o‘zgartish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
kasaba uyushmasida mehnat munosabatlariga oid qonunlarga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjat (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlari va boshqa)larni ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a’zo tashkilotlarda faoliyat yuritadigan mehnat inspeksiyalarining Nizomida belgilangan vazifa va funksiyalarning to‘liq amalga oshiradi.
Jumladan:
- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha ish o‘rinlarida fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashishini va ularning faoliyatida ishtirok etishini, mehnat huquqlariga rioya etilishini va ularni himoya qilinishini nazorat qiladi;
- mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni qo‘llash va ularga rioya etish masalalari bo‘yicha xodimlar va ish beruvchilarga, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga maslahat va uslubiy yordam beradi;
- fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya qilish zaruriyati to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
- mehnat munosabatlari sohasidagi davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarga doir takliflarni va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilayotgan vajlar, o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda aniqlangan qonun buzilishi holatlari, mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolarni hamda huquqiy bo‘shliqlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi va Bosh mehnat huquqi inspektoriga taklif kiritadi;
- Inspeksiya boshlig‘i va viloyat Kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ish reja va savolnoma asosida korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat munosabatlariga rioya etilishini tizimli o‘rganadi;
- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning lokal hujjatlarini, ish beruvchilarning mehnat munosabatlari sohasidagi buyruqlari qonun hujjatlariga mos kelishini tahlil qiladi,o‘rganadi;
- jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini nazorat qiladi;
- huquqni qo‘llash amaliyotini takomilashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
- Federatsiya rahbariyati, Inspeksiya boshlig‘i va Bosh mehnat huquqi inspektori, viloyat kengashi raisining topshirig‘iga asosan boshqa vazifalarni bajaradi.
Inspektorlarga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a’zo tashkilotlarda faoliyat yuritadigan mehnat inspeksiyalarining Nizomi va qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

   KAMBAROVA MAXBUBA SULFIDINOVNA

   O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi
   Mehnat texnik inspektori
    Telefon:    +998792260373
    Telegram bot: nvkasaba
     Elektron pochta: m.qambarova@kasaba.uz
    Qabul vaqti: Dushanba-Juma kunlari, 10:00 dan 13:00 gacha

  • Qisqacha tarjimai holi

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

Tug‘ilgan sana

13 aprel 1981 yil

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyati, Karmana tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Navoiy davlat konchilik instituti

Mutaxassisligi

Kon elektromexanigi

Tizimdagi ish staji

2012 yildan

Egallab turgan lavozimida

2020 yildan

O’z hududida O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan xodimlarning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni buzilishining oldini olish va buzilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;
- O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a’zo tashkilotlarda faoliyat yuritadigan mehnat inspeksiyalarining Nizomida belgilangan vazifa va funksiyalarning to‘liq amalga oshirilishi choralarini ko‘radi.
Jumladan:
- mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlashda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida korxona, muassasa va tashkilotlarda o‘rganish va profilaktik amaliy yordamlarni o‘tkazadi;
- xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda profilaktika ishlarini amalga oshiradi hamda ko‘maklashadi va ularni mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qiladi;
- mehnatni muhofaza qilishning ahvolini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi va amaliy yordam ko‘rsatadi;
- ish beruvchilar tomonidan xodimlarning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik asosida monitoringini amalga oshiradi;
- kasaba uyushmalari organlari va mehnatni muhofaza qilish xizmatining mehnat muhofazasiga oid qo‘llanmalari, savolnomalari, tavsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- ommaviy axborot vositalari orqali mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
- ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i hamda kasaba uyushmalari Federatsiyasi portalida amalga oshirilayotgan inspeksiya faoliyati to‘g‘risida chiqishlar, maqolalar tayyorlanishida ishtirok etadi.
Davlat mehnat inspeksiyasi bilan hamkorlikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini maqsadli o‘rganishda ishtirok etadi.
Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlariga, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kasaba uyushmalarining vakolatli (ishonchli) shaxslariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning davriy ravishda o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi.
Mehnat sharoitlari ekspertizasi yo‘nalishida;
- mehnat sharoitlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan jamoatchilik asosida monitoringni amalga oshirish;
- imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi, qo‘shimcha ta’til va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan ro‘yxatlar va ko‘rsatgichlar to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar berish;
- mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha sut (unga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-proflaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun) va maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoyalanish va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- mehnat sharoitlari va uskunlarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazilishi va uning imtiyozlari bo‘yicha jamoatchilik asosida tushuntirish ishlarini olib borish;
- fuqarolar va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyati va yo‘nalishlariga tegishli murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
- jamoa shartnomalari va bitimlarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
O’z faoliyatida mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi.
Federatsiya Kengashi rahbariyati, Inspeksiya boshlig‘i va Bosh mehnat texnik inspektorining topshirig‘iga asosan boshqa vazifalarni bajaradi.