IX KONFERENSIYA » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

2025-yil 7-iyul kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashining IX Konferensiyasi Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada viloyat hokimligi, Respublika va viloyat tashkilotlari rahbarlari, OAV vakillari hamda 96 nafar delegat ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
🔹 2020–2025 yillardagi faoliyat yakunlari muhokama qilindi;
🔹 kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari belgilandi;
🔹 viloyat Kengashi va ijroiya qo‘mitasi tarkibi saylandi;
🔹 yashirin va ovoz berish orqali rahbar organlari tasdiqlandi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Navoiy viloyati Kengashi raisi etib To‘rayeva Nazira Mamanazarovna saylandi.
Konferensiya yuqori saviyada, zamonaviy texnik vositalar va puxta tashkiliy tayyorgarlik asosida tashkil etildi.


O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi IX Konferensiyasi hujjatlari

YUKLAB OLISH