SANATORIYLAR » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI TASARRUFIDAGI SANATORIYLAR

  • Sanatoriylarga yo‘llanma olish tartibi

  • Yo‘llanma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Sanatoriylarga yo‘llanmalarni olish uchun o‘zingiz ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasa kasaba uyushma tashkilotiga murojaat qilishingiz mumkin.

1. Ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘lari hisobidan sanatoriylarga yo‘llanma olish tartibi

2. A’zolik badallari hisobidan sanatoriylarga yo‘llanma olish tartibi

Kasaba uyushma tashkilotlaridan ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘lari hisobidan sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun xodimdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

• Ariza (shaxsan yo‘llanma oluvchining nomidan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga);
• Yo‘llanma so‘ragan shaxsning pasport nusxasi;
• Tibbiy ma’lumotnoma;
• Mehnat ta’tiliga chiqqanligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
• Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi qarori;
• Tuman, shahar yoki birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarining qarori;
• Yo‘llanma narxini qisman yoki to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida hujjat;
• Mehnat daftarchasi nusxasi;
• Sanatoriydan qaytgach yo‘llanmaning qaytariluvchi taloni.

Kasaba uyushma tashkilotlaridan kasaba uyushma byudjeti mablag‘lari hisobidan sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun xodimdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

• Ariza (shaxsan yo‘llanma oluvchining nomidan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga);
• Yo‘llanma so‘ragan shaxsning pasport nusxasi;
• Tibbiy ma’lumotnoma;
• Mehnat ta’tiliga chiqqanligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
• Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi qarori;
• Tuman, shahar yoki birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarining qarori;
• Yo‘llanma narxini qisman yoki to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida hujjat;
• Mehnat daftarchasi nusxasi;
• Sanatoriydan qaytgach yo‘llanmaning qaytariluvchi taloni.
Yo‘llanma xodimning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari)ga berilgan taqdirda, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (ota-ona va farzandlar uchun tug‘ilganlik, turmush o‘rtog‘i uchun nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma hamda pasport)larning nusxalari ham taqdim etiladi.