9 may - "Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamda Navoiy davlat universiteti va Navoiy innovatsiyalar universiteti hamkorligida viloyat Kengashining "Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida "Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kasaba uyushmasi mas’ullari va faollari, mehnat faxriylari, nuroniylar, yoshlar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida katta avlod vakillari o‘z hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va yurt ravnaqi yo‘lida bosib o‘tgan ibratli yo‘llari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir yakunida faxriylar va faol yoshlarga kasaba uyushmalarining esdalik sovg‘alari topshirildi.
[allow-online]
Ïîñìîòðåòü îíëàéí ôàéë: ish_beruvchi.pdf[/allow-online]


