BIR OY — BIR KITOB » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
BIR OY — BIR KITOB

BIR OY — BIR KITOB

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi PQ-9-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov doirasida ishtirokchilar o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» asarlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Natijalar bilan tanishing:
1-o‘rin: N.Aslonova — viloyat Kengashi texnik xodimi (66 ball);
2-o‘rin: N.Xabibullayeva — Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi yetakchi mutaxassisi (52 ball);
3-o‘rin: X.Egamova — Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi mutaxassisi (48 ball).
G‘oliblar viloyat Kengashining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


BOSHQA YANGILIKLAR