VILOYAT KENGASHI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 24 fevral kuni sog‘liqni saqlash boshqarmasining majlislar zalida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat tashkilotining ta’sis Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferentsiya ishida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kenashining mehnat texnik inspektori Aliyev Zafar Ganiyevich, Respublika Kengashi yuristkonsulti Tuxtayeva Dilnoza Akbarovna, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Zafar Ilxomovich va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari Isoqov Normurod Isroilovichlar ishtirok etishdi. Kun tartibida 5 ta masala ko‘rib chiqildi.
1. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat bo‘linmasi (kengashi)ni tashkil etish hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyat tashkiloti to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
2. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
3. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi raisini saylash to‘g‘risida.
4. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat tashkiloti taftish komissiyasi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
5. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat tashkiloti taftish komissiyasi raisini saylash to‘g‘risida.
2021 yilning 24 fevral kunidan boshlab O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi raisligiga Raximova Feruza Iskandarovnaning nomzodi ko‘rsatilib, kengash raisligiga delegatlarning to‘liq ovozi bilan saylandi.
Shuningdek konferentsiya davomida kengash a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari va taftish komissiyasi raisi jamoatchilik asosida saylandilar.
Bundan tashqari konferentsiyadan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashining 1-tashkiliy majlisi o‘tkazildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat kengashi raisining o‘rinbosarligiga jamoatchilik asosida Shaxriyev Farrux Farxod o‘g‘li saylandi. Shuningdek 9 nafardan iborat rayosat a’zolari saylanib, shtatlar jadvali tasdiqlandi.


© 2016 Íàâîèé âèëîÿò êàñàáà óþøìàëàðè òàøêèëîòëàðè áèðëàøìàñè
Îðòãà қàéòèø