2021 yil uchun tasdiqlangan jadvaliga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspektsiyasining Navoiy viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori tomonidan tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarining ishchi-xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu o‘rinda, joriy yil fevral oyi mobaynida "O‘ztelekom” korxonasi Navoiy viloyat filiali, "O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy viloyat filiali, O‘zbekiston savdo sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmsi, A.Qodiriy nomidagi viloyat Axborot kutubxonasi, Ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Karmana tuman kasb hunar maktabi, Navbahor tuman obodonlashtirish boshqarmasi, Xatirchi tumanidagi barcha korxona, tashkilot va o‘quv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga murojaati hamda kasaba uyushmalaridagi yangiliklar, ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi talablariga rioya etishiga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan seminar tadbirlarida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat inspektsiyasining Navoiy viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori Raxmatov Alisher Axrorovich, tuman kengashi raislari, ishchi-xodimlar, ishtirok etishdi.
Ma’ruzachi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojatnomasi, Kasaba uyushmalaridagi yangiliklar, ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi talablariga rioya etishi, jamoa shartnomalarida xodimlar uchun belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirilgan savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblar olishdilar.
O‘quv seminra muzokara, savol va javoblar bilan mazmunli o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat inspektsiyasining Navoiy viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori A.Raxmatov