2022 yilning 19 yanvar kuni Karmana tumanidagi 3-umumta’lim maktabida o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda yangi o‘quv yiliga yangicha tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Najot maktabda, najot bilimda, najot ta’limda" shiori ostida tanlov o‘tkazildi.Tanlovda maktab o‘qituvchilari o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan ijodiy ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etishdi. Albatta o‘qituvchilarning boshini birlashtirib, ularga motivasiya bergan rahbar ham o‘z navbatida e’tirofga loyiqdir. Tadbir so‘ngida eng faol talabchan o‘qituvchilar tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan rag‘batlantirildi.