OTMLARDA GENDERGA OID AUDIT BOSHLANDI. » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
OTMLARDA GENDERGA OID AUDIT BOSHLANDI.

OTMLARDA GENDERGA OID AUDIT BOSHLANDI.

"Dunyodagi har qanday xalq, taraqqiyot va madaniyat darajasi, avvalo ularning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi” – degan edi muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Shuni taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, sohaga oid 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda teng ishtirok etishlarini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarni zoʻravonlik va tazyiqlardan himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, Oʻzbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida 2022-yil 15-dekabridagi OʻRQ-809-son Qonuni talablarini bajarish, yaʼni davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan.

Yuqoridagi qonun ijrosini taʼminlash maqsadida, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 2025-yil 24-maydagi 14-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 3 yillik rejaga asosan, joriy yilning 25-noyabr kuni Navoiy Davlat universitetida "Genderga oid auditni oʻtkazish” yuzasidan universitet ishchi-xodimlari, professor oʻqituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirokida seminar tashkillashtirildi.
Yangi tasdiqlangan uslubiyotga asosan, GOA oʻtkazishdan maqsad, auditning mazmun-mohiyati, kasaba uyushmalari tomonidan auditni oʻtkazishda olib borilayotgan salmoqli ishlar koʻlami hamda erkak va ayollarning teng huquqliligi yuzasidan seminar ishtirokchilariga maʼlumotlar berildi. Aditorlar guruhi tomonidan universitet xodimlari bilan muassasadagi ichki muhit, ish beruvchi tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish haqlarini toʻlashda tafovutlar toʻgʻrisida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashining mehnat-texnik inspektori Maxbuba Kambarova.

BOSHQA YANGILIKLAR