YOLLANMA OLISH TARTIBI » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi
Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvardagi
  9-24- sonli qaroriga 2 - ilova
 
Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kasaba uyushmasi azolik badallari hisobidan sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli yollanmalar olishni rejalashtirish, chiqarish, taqsimlash, sotish, hisobga olish, berish va hisobotlarni tartibga solish togrisida
 YORIQNOMA
 I. UMUMIY QOIDALAR
  Mazkur Yoriqnoma Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi asosida, kasaba uyushmasi azolarini kasaba uyushma budjeti mablaglari, yani azolik badallari hamda korxona, tashkilot va muassasalar bilan kasaba uyushma tashkilotlari ortasida tuzilgan jamoa shartnomalari yoki tarmoq kelishuvlariga asosan kasaba uyushmalari tashkilotlariga otkazib berilgan mablaglar hisobidan sanatoriy va dam olish uylarida soglomlashtirish, dam oldirishni tashkillashtirish, kasaba uyushmalari tashkilotlari tasarrufidagi ijtimoiy obektlarni saqlab turish hamda kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mablaglar ajratish tartibini belgilaydi.
 II. YORIQNOMANING ASOSIY MAQSADI
Ushbu Yoriqnoma kasaba uyushma azolari va ularning oila azolariga boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlarining ixtiyorida qoldirilgan azolik badallari hamda jamoa shartnomalari orqali xojalik organlari tomonidan otkazilgan mablaglar hisobidan sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli yollanmalar berish, taqsimlash, sotish hamda hisobotlarni yuritish tartiblarini belgilaydi.
 III. SANATORIYLAR VA DAM OLISh UYLARI YOLLANMALARINI TAQSIMLASh, ChIQARISh VA SOTIShNI RYeJALAShTIRISh
3.1. Sanatoriylar va dam olish uylari uchun yollanmalarni taqsimlash va sotish rejasi Sanator-kurortlar boshqarmasi tomonidan Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga taqdim etilgan qabul jadvallari asosida, davolash yonalishlari, yil mavsumlari, sanatoriylardagi mavjud va foydalanishga topshiriladigan binolarning qabul qilish quvvati hamda kapital tamirlash (qayta qurish)ga toxtatilish muddatlari rejalarini hisobga olgan holda tuziladi.
Yollanmalar quyidagi tartibda, yani:
- sanatoriyda bir kishining davolanishi uchun;
- dam olish uyida bir kishi yoki uning oilaviy (jamoa) bolib dam olishi uchun chiqariladi.
Sanatoriy yollanmalari bilan davolanish muddati 14 kunni tashkil qiladi.
3.2. Qurilishi tugallanib, kapital tamirdan chiqarilib foydalanishga topshirilgan sanatoriylarga yollanmalar, ularning faoliyatini boshlashga tayyor bolgan vaqtdan boshlab chiqariladi.
Qoshimcha chiqarilgan yollanmalar Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy Kengashlari (bundan buyon matnda "Kengan deb yuritiladi) talabnomalari asosida Sanator-kurortlar boshqarmasining yollanmalarni chiqarish rejasiga kiritiladi va Federatsiya Kengashining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. Oz navbatida mazkur yollanmalarga Sanator-kurortlar boshqarmasi tomonidan "Qoshimcha shtamp qoyiladi.
3.3. Kasaba uyushma azolarining yollanma olish uchun taqdim etgan arizalari boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan arizalarni royxatga olish kitobida qayd etiladi.
Tuman, shahar tuzilmasiga ega bolgan tarmoq kasaba uyushmalarining boshlangich tashkilotlari kelgusi yil uchun yollanmalar olishga talabnomalarni, joriy yilning 20 avgustigacha tegishli tarmoqning tuman, shahar kengashi va birlashgan qomitasiga taqdim etadi.
Tarmoq kasaba uyushmasining tuman, shahar kengashlari va birlashgan qomitalari hamda ushbu tuzilmalari bolmagan tarmoq kasaba uyushmalarining boshlangich tashkilotlari yollanmalar uchun yigilgan talabnomalarni sanatoriylar, dam olish uylari va choraklar boyicha umumlashtirib, mavsumiy ehtiyojni hisobga olgan holda Kengashlarga joriy yilning 1 sentyabrigacha taqdim etadi.
3.4. Kengashlar yollanmalar boyicha quyi tashkilotlardan yigilgan talabnomalarni tarmoqlar negizida sanatoriylar, dam olish uylari va choraklar boyicha umumlashtirib, mavsumiy ehtiyojni hisobga olgan holda Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga joriy yilning 15 sentyabrigacha taqdim etadi.
3.5.Sanator-kurortlar boshqarmasi kelgusi yil uchun yollanmalar chiqarish rejasini Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga joriy yilning 1 sentyabriga qadar taqdim etadi.
3.6.Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining moliya bolimi Sanator-kurortlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan yollanmalarni chiqarish rejasiga muvofiq, Kengashlar tomonidan taqdim etilgan talabnomalar asosida hududlardagi tarmoq kasaba uyushmalari tashkilotlarining daromadlarini hisobga olgan holda, yollanmalarni taqsimlash rejasi loyihasini Sanator-kurortlar boshqarmasi tasarrufida bolgan joylardagi sanatoriylarning davolanuvchilarni qabul qilish quvvatidan unumli foydalangan tarzda tuzadi va uni Federatsiya Kengashi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Oz navbatida Federatsiya Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlangan yollanmalarni taqsimlash rejasini joriy yilning 5 oktyabriga qadar Kengashlarga yuboradi.
3.7. Kengashlarga Federatsiya Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlangan yollanmalarni tasdiqlash rejasiga muvofiq, tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan talabnomalarni hisobga olgan holda, hududdagi tarmoqlar boyicha yollanmalarni taqsimlash rejasini tuzadi va kengashning rayosat qarori bilan tasdiqlaydi.
Oz navbatida Kengashlar rayosati tomonidan tasdiqlangan tarmoqlar boyicha yollanmalarni taqsimlash rejasini joriy yilning 25 oktyabriga qadar tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlariga yetkazilishini taminlaydi.
Shuningdek, tasdiqlangan yollanmalarning taqsimot rejasini bajarilishi boyicha masuliyat shaxsan Kengashlar raislari zimmasiga yuklatiladi.
3.8. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari tomonidan azolik badallari yalpi tushumining 10 foizini hisobga olgan holda taqdim etilgan talabnomalarga muvofiq, Kengashlar Sanator-kurortlar boshqarmasi tasarrufida bolmagan sanatoriy va dam olish uylari yollanmalarini quyidagi hollarda, yani:
boshqa korxona va tashkilotlarning sanatoriy va dam olish uylari yollanmalarining bahosi, Sanator-kurortlar boshqarmasi tasarrufida bolgan sanatoriylarning ortacha bahosidan yuqori bolmaganda;
Sanator-kurortlar boshqarmasi tasarrufidagi sanatoriylar yollanmalarini taqsimlash rejasi toliq bajarilganda;
Sanator-kurortlar boshqarmasidan olingan yollanmalar boyicha qarzdorliklar bolmaganda;
Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlangan yollanmalarni taqsimlash rejasining 20 foizigacha bolgan miqdorda qoshimcha ravishda sanatoriy va dam olish uylari bilan shartnomalar tuzish orqali sotib olishlari mumkin.
3.9. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari Kengashlar rayosati tomonidan tasdiqlangan tarmoqlar boyicha yollanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq, boshlangich tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan talabnomalar hamda ularning daromadini hisobga olgan holda, boshlangich tashkilotlar boyicha yollanmalarni taqsimlash rejasini tuzadi va tegishli tashkilotlarning rayosat, umumiy yigilish qarori bilan tasdiqlaydi.
3.10. Sanator-kurortlar boshqarmasi Federatsiya Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlangan reja asosida kelgusi yil yollanmalarini sotish uchun Kengashlar bilan har yili 1 dekabrga qadar shartnomalar tuzadi.
3.11.Sanator-kurortlar boshqarmasi yollanmalarni kasaba uyushmalari tashkilotlariga Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlangan yollanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq, Federatsiya Kengashi bilan kelishilgan narxlarda sotadi.
Shuningdek, Sanator-kurortlar boshqarmasi yollanmalarni kasaba uyushmalari tashkilotlariga ustama narxlarsiz sotilishini taminlaydi.
3.12.Sanator-kurortlar boshqarmasi Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishgan holda, kuzgi-qishki davrlar uchun yollanmalarning narxlarini qayta korib chiqish huquqiga ega.
3.13.Sanator-kurortlar boshqarmasi tomonidan kelgusi yil uchun yollanmalarni Kengashlarga sotish muddatlari quyidagi tartibda belgilanadi:
I chorak uchun - 1 dekabrgacha;
II chorak uchun - 1 martgacha;
III chorak uchun - 1 iyungacha;
IV chorak uchun - 1 sentyabrgacha.
Sanator-kurortlar boshqarmasi va sanatoriylar kasaba uyushmalari tashkilotlariga azolik badallari hisobidan sotilgan yollanmalarni berishdan oldin yollanmalarga "Kasaba uyushma budjeti mablaglari hisobidan qoplangan, qayta sotish yoki boshqa tashkilotlarga berishga ruxsat etilmaydi degan shtamp bosadi.
3.14. Muhim sabablar (qurilish, rekonstruksiya, tamirlash, tabiat hodisalari va boshqalar)ga kora yollanmalarni taqsimlash rejasi boyicha sotish, sotib olish imkoniyati bolmagan hollarda, tegishli tashkilotlarning xatlari asosida Federatsiya Kengashining moliya bolimi Sanator-kurortlar boshqarmasi bilan birgalikda yollanmalarni sotish rejasiga ozgartirish va Federatsiya Kengashi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishi mumkin.
3.15. Kengashlar tomonidan shartnomalar asosida sotib olingan yollanmalar tasdiqlangan rejalar asosida tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari va birlashgan qomitalari orqali boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlariga, shuningdek tuman, shahar kengashlari va birlashgan qomitalari bolmagan tarmoqlarda yollanmalarni togridan-togri boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlariga, yollanmalarning amal qilish muddatidan kamida 
30 kun avval beriladi.
3.16. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari tomonidan yollanmalar kasaba uyushmasiga azo bolganiga hamda korxona, tashkilot va muassasalarda ishlayotganiga kamida 3 yil bolgan ishchi va xizmatchilarga beriladi.
Ishchi va xizmatchilar kasaba uyushma yoki ijtimoiy sugurta budjeti mablaglari hisobidan yollanmalar olishidan qatiy nazar, unga ikki yilda bir marotaba yollanma beriladi.
Sanatoriylar va dam olish uylarida davolanish hamda dam olish uchun sotib olingan yollanmalar, yollanmalar narxining qisman foizi tolanganidan keyin beriladi.
Yollanmalar qiymatining kasaba uyushma azolari tomonidan tolanadigan miqdori Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, sanatoriylar va dam olish uylarida davolanish yoki dam olish uchun azolik badallari hisobidan sotib olingan yollanmalar ornatilgan tartibda ishchi va xizmatchilarning oila azolari (ota-ona, turmush ortogi va farzandlari)ga qisman tolov asosida hamda 100 foiz tolovi bilan ham berilishi mumkin.
Oz navbatida, kasaba uyushmalari tashkilotlarida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan, kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlanishiga hissasini qoshgan va kasaba uyushma tashkilotlaridan pensiyaga chiqqan pensionerlarga ham sanatoriy yoki dam olish uylari yollanmalari imtiyozli ravishda yollanmalar narxining qisman tolovi asosida berilishi mumkin.
3.17. Kasaba uyushmasi azolarini imkoniyat darajasida koproq soglomlashtirish maqsadida, azolik badallari hisobidan qimmatbaho, shuningdek, lyuks-palatalarga yollanmalar sotib olish taqiqlanadi.
MDH va chet el mamlakatlarining sanatoriylari, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining Tibbiy-sanitar birlashmasi (Kislovodsk va Yalta shaharlarida joylashgan "Ozbekiston dam olish-soglomlashtirish sanatoriylari bundan mustasno) sanatoriylari yollanmalarini azolik badallari hisobidan sotib olish taqiqlanadi.
3.18. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari kasaba uyushma azolariga yollanmalarni, ularning amal qilish muddatidan kamida 20 kun avval azolarning yollanma olish uchun taqdim etgan arizalarni royxatga olish kitobida belgilangan navbat boyicha azolar tomonidan yollanmalarning qisman yoki toliq qiymati tolanganligi togrisidagi va boshqa talab qilinadigan tegishli hujjatlar toliq taqdim etilganidan keyin beradi.
Yollanma olgan shaxslar tomonidan, yollanmalarning qisman yoki toliq qiymati, ular olingan kundan kechikmasdan yollanma bergan tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlarining kassasiga, hisob raqamiga naqd pul va plastik kartochka orqali yoki pul otkazish yoli bilan tolanadi.
Oz navbatida, kasaba uyushma azolariga berilgan yollanmalarning qisman tolovi yoki 100 foizi toliq tolanishi hamda yollanmalardan togri, maqsadli foydalanilishiga Kengashlar , tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlarining rahbarlari va masul xodimlari javobgardir.
3.19. Miokard infarktining otkir xurujidan keyin bemorlar sanatoriyda davolanishni davom ettirishlari uchun, ularga azolik badallari hisobidan sotib olingan yollanmalar sogliqni saqlash organlarining tavsiyalari asosida umumiy tartibda beriladi.
3.20. Kasaba uyushma azolariga berilgan yollanmalarda davolanuvchi yoki dam oluvchining familiyasi, ismi va sharifi (pasport malumotlari boyicha), ish joyi, lavozimi va yollanmani bergan kasaba uyushma tashkilotining nomi korsatilgan bolishi hamda kasaba uyushma qomitasi raisining imzosi va kasaba uyushma qomitasining muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Yollanmaga kasaba uyushma qomitasi tomonidan qoyilgan muhr aniq oqiladigan darajada bolishi kerak.
Yollanmalarni davolanuvchilar va dam oluvchilarga toldirilmagan holatda berish taqiqlanadi. Shuningdek, bosilgan muhr korinmaydigan yollanmalar bilan sanatoriy va dam olish uylariga davolanuvchi yoki dam oluvchilarni qabul qilish va barcha malumotlari toldirilgan yollanmalarga tuzatishlar kiritib, boshqa shaxslarni qabul qilish qatiyan taqiqlanadi.
Agar shunday holatlarda sanatoriy va dam olish uylariga davolanuvchi yoki dam oluvchilar qabul qilinsa, ushbu yollanmalar uchun sanatoriy va dam olish uylari rahbarlari shaxsan javobgar boladi.
Yollanmalarning notogri rasmiylashtirilganligi togrisidagi holatlar aniqlanganda, ushbu yollanmalarning nusxasini sanatoriy va dam olish uylari rahbarlari Sanator-kurortlar boshqarmasiga, oz navbatida Sanator-kurortlar boshqarmasi ularni Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining yollanmalardan maqsadli foydalanishni organuvchi komissiyaga taqdim etishi zarur.
3.21. Sanatoriylarga yollanmalar davolanishga muhtoj bolgan kasaba uyushmasi azolariga tibbiy malumotnoma asosida beriladi.
Shuningdek davolanuvchi sanatoriyga sanator-kurort karta (0.7.2/U-shakl)ni taqdim etishi lozim, agar davolanuvchining kasalligi sanatoriyning davolash yonalishlariga togri kelmasa, sanatoriy mutaxassislari tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida davolanuvchilar sanatoriyga qabul qilinmaydi.
Mazkur holatlarda yollanmalardan toliq foydalanish maqsadida sanatoriylarning dalolatnomasi asosida Sanator-kurortlar boshqarmasi tomonidan yollanmalarning muddatini ozgartirib berilishi mumkin.
3.22. Kasaba uyushmasi azolari tomonidan yollanmalardan uzrli sabablarga kora foydalanilmagan holatlarda, yollanmalarning amal qilish muddatidan kamida 10 kun oldin tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari, boshlangich tashkilotlariga qaytarilishi lozim.
3.23. Kasaba uyushmasi azolari tomonidan tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari, boshlangich tashkilotlariga foydalanilmagan holda qaytarilgan yollanmalar, ular tomonidan yollanmalarning amal qilish muddatidan kamida 7 kun oldin Kengashlarga yuk xati rasmiylashtirilgan holda qaytariladi.
Yollanmalarni qaytarish vaqtida rasmiylashtirilgan yuk xatiga, azolar tomonidan ularni qaytarish sabablari korsatilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
3.24. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari, boshlangich tashkilotlari tomonidan Kengashlarga qaytarilgan yollanmalar, ular tomonidan yollanmalarning amal qilish muddatidan kamida 5 kun oldin Sanator-kurortlar boshqarmasiga qaytariladi.
3.25. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari, boshlangich tashkilotlari azolik badallari hisobidan sotib olingan yollanmalardan ayrim xodimlarni, yani:
- yollanma olgan va ulardan uzrli sabablarsiz oz vaqtida foydalanmagan;
- olingan yolanmalarni uzoq qarindosh-uruglari yoki boshqa begona shaxslarga berganligi togrisida holatlar aniqlanganda, xodimlarning imtiyozli yollanmalardan foydalanish huquqini tegishli hujjatlar bilan malum muddatga cheklab qoyadi hamda yollanmalarning toliq qiymatini aybdor shaxslardan undiradi.
3.26. Kasaba uyushma qomitalari tomonidan yollanmalar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda ishlaydigan shaxslarga qisman tolov foiziga, shuningdek toliq narxida berilishiga ruxsat etilmaydi.
IV. YOLLANMALARNI HISOBGA OLISh VA ULARNING HARAKATI BOYIChA TUZILADIGAN HISOBOTLARNI YuRITISh
4.1.Viloyat Kengashidan olingan yollanmalar tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sugurta mablaglari hisobidan olingan yollanmalarni hisobga olish kitobidan boshqa "Yollanmalarni hisobga olish kitobida yuritiladi.
Yollanmalar yuk xatiga asosan ushbu kitobga kirim qilinadi va har bir yollanma kitobda alohida satrda korsatiladi. Yollanmalarni davolanuvchi yoki dam oluvchilarga berish vaqtida kitobga yollanma berilgan sana, kimga berilganligi, tolov hujjatlarining raqami, sanasi va tolov summasi hamda yollanmani olgan shaxsning imzosi qayd etiladi.
Oz navbatida, yollanmalarni berishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Ariza (shaxsan yollanma oluvchining nomidan);
- yollanma soragan shaxsning pasport nusxasi;
- tibbiy malumotnoma;
- mehnat tatili togrisidagi buyruqdan kochirma;
- boshlangich kasaba uyushma qomitasining qarori;
- tuman, shahar yoki birlashgan kasaba uyushma tashkilotlarining qarori;
- yollanma narxining qisman yoki toliq tolanganligi togrisidagi hujjat (kvitansiya yoki tolov topshiriqnomasi).
Shuningdek, davolanuvchi va dam oluvchi sanatoriy yoki dam olish uyidan kelganidan keyin, tegishli kasaba uyushma qomitasiga yollanmaning qaytariladigan talon qismini topshirishi va ushbu talonni kasaba uyushma qomitasining masul xodimlari "Yollanmalarni hisobga olish kitobida qayd etib qoyishi shart.
4.2. Hisobot yili davomida olingan har bir yollanma boyicha yuqorida qayd etilgan hujjatlar toliq rasmiylashtirilganidan song, barcha hujjatlar yollanmalarni hisobga olish kitobi bilan birga, boshlangich tashkilotlar tomonidan tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari va birlashgan qomitalariga topshiriladi va ularda saqlanadi.
Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari va birlashgan qomitalariga ega bolmagan tarmoqlarda yuqoridagi hujjatlar boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlarida saqlanadi.
4.3. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari olingan yollanmalar togrisidagi hisobotni yilning har choragi yakunlari boyicha Kengashlarga hisobot davridan keyingi oyning 8-sanasi (8 aprel, 8 iyul, 8 oktabr va 
8 yanvar)dan kechiktirmay topshirishlari zarur.
Hisobot yollanmalarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar asosida tuziladi hamda hisobotga malumot qoshib topshiriladi.
4.4. Tarmoq kasaba uyushmalarining tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari va boshlangich tashkilotlari tomonidan foydalanilgan yollanmalarni hisobdan chiqarish mazkur Yoriqnomada korsatilgan malumotlar asosida tegishli buxgalteriya provodkalarini berish orqali amalga oshiriladi.
4.5. Kasaba uyushmasi azolik badallari hisobidan olingan yollanmalarning hisob-kitobini alohida togri va aniq yuritilishi, hisobotlar tuzilishini soddalashtirish maqsadida, umumiy tartibda buxgalteriya hisobining memorial-order yoki ijtimoiy sugurta budjeti mablaglari hisobidan berilgan yollanmalarning harakatini hisobga oluvchi jurnal-order shakllaridan foydalanilishi mumkin.
4.6. Kengashlar tomonidan azolik badallari hisobidan olingan yollanmalar, shuningdek foydalanilmay qaytarilgan yollanmalarni kirim qilish ham 4-sonli jurnal-orderda hisobga olinadi.
Olingan yollanmalarning yuk xati hisobvaraq-fakturalari 4-sonli jurnal-order bilan birgalikda saqlanadi.
4.7. Kengashlar tomonidan olingan yollanmalarning, shuningdek ular tomonidan yollanma olingan tegishli tashkilotlarga qaytarilgan chiqimi ham 
5-sonli jurnal-orderda hisobga olinadi.
Mazkur jurnal-order bilan yollanmalarni chiqim qilish uchun rasmiylashtirilgan yuk xati hisobvaraq-fakturalar birgalikda saqlanadi.
4.8. Kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan azolik badallari hisobidan olingan yollanmalarning harakati, kirimi, chiqimi va hisobdan chiqarilishi uchun buxgalteriya hisobining memorial-order yoki ijtimoiy sugurta budjeti mablaglari hisobidan olingan yollanmalarning harakatini hisobga oluvchi jurnal-order shakllaridan foydalanilishidan qatiy nazar, buxgalteriya hisobi provodkalari 21-sonli "Buxgalteriya hisobining milliy standartining schyotlar rejasiga muvofiq beriladi.
Shuningdek, rasmiylashtirilgan memorial yoki jurnal-orderlarda barcha rekvizitlar oz vaqtida aniq va togri toldirilishi lozim.
V. YOLLANMALARDAN FOYDALANISh QOIDASINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK VA ULARDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh
5.1. Mazkur Yoriqnomaga amal qilish tarmoq kasaba uyushmalarining Markaziy kengashlari, sohalar boyicha Respublika birlashgan qomitalari, tuman, shahar kengashlari, birlashgan qomitalari, boshlangich tashkilotlari, Kengashlar, Sanator-kurortlar boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi sanatoriylar rahbarlari va yollanmalar bilan ishlaydigan masul shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
5.2. Sanator-kurortlar boshqarmasi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechikmagan holda, azolik badallari hisobidan olingan yollanmalarning taqsimot rejasini bajarilishi togrisidagi hisobot hamda har bir sanatoriy boyicha yollanmalarning haqiqiy tannarxi togrisidagi malumotni Federatsiya Kengashiga taqdim etib boradi.
5.3. Davolanish yoki dam olish uchun yollanma olgan shaxslar yollanmadan uzrsiz sababga kora foydalanmasa yoki yollanmalarni boshqa shaxslarga qayta sotsa, ushbu yollanmalarning toliq qiymati avval tolangan qisman foizini hisobga olgan holda, yollanmadan foydalanmagan yoki qayta sotgan shaxslardan toliq undiriladi.
Shuningdek, yollanmalardan kasaba uyushmalari tashkilotlarining aybi bilan foydalanilmay (oz vaqtida berilmay) qolish yoki ularni begona shaxslarga berish holatlari aniqlansa, yollanmaning toliq qiymatini aybdor shaxslardan undirish masalasi amaldagi qonunchilikka asosan tegishli yoki yuqori kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan korib chiqiladi.
5.4. Zaruriy hollarda, Federatsiya Kengashining kasaba uyushmalari tashkilotlarida yollanmalardan maqsadli foydalanilishini organish Komissiyasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari va sanatoriylarda yollanmalardan togri foydalanish holatlarini organadi.
Shuningdek, Federatsiya Kengashi moliya bolimi va Federatsiyaning Nazorat-taftish komissiyasi tomonidan kasaba uyushmalari tashkilotlarida otkazilgan tekshirishlar natijasida yollanmalardan notogri foydalanganlik holatlari aniqlanganda, mazkur yollanmalar uchun javobgar shaxslardan undirilgan mablaglar tegishli kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining kasaba uyushma budjeti hisob raqamiga otkazib beriladi.
5.5. Sanator-kurortlar boshqarmasi kasaba uyushmasi azolik badallari hisobidan sotilgan yollanmalardan toliq foydalanganlik togrisida sanatoriylardan malumot yigadi va uni yollanmalarning raqamlarini korsatilgan holda Kengashlar boyicha umumlashtirib Federatsiya Kengashiga taqdim etadi.
Agar davolanuvchilar turli sabablarga kora, yollanmaning muddati boyicha toliq davolanmaganlik holatlari aniqlansa, ushbu yollanmalardan foydalanmagan qismining davolanish va ovqatlanish qiymatlari Sanator-kurortlar boshqarmasi orqali sanatoriylardan yigilib, Federatsiya Kengashining kasaba uyushma budjeti hisob raqamiga otkazib beriladi.
Ushbu mablaglar hisobidan Federatsiya Kengashi Rayosatining qaroriga asosan, kasaba uyushmasi azolarini soglomlashtirish va dam oldirish uchun qoshimcha yollanmalar olinib, moliyaviy imkoniyati ogir bolgan kasaba uyushmalari tashkilotlariga Kengashlar orqali, tarmoq kasaba uyushmalarining joylardagi boshlangich kasaba uyushmalari tashkilotlariga beriladi.
5.6.Sanatoriylarning masul shaxslari davolanishga yollanma bilan kelganlarga yollanmaning qaytariladigan talon qismini berishlari va unda davolanuvchining familiyasi, ismi, sharifi va sanatoriyda bolgan vaqtini toliq korsatishi hamda unga sanatoriy shtampini bosishi shart. Shuningdek, yollanmaning qaytariladigan talon qismida sanatoriy royxatxonasi xodimining familiyasi va imzosi bolishi zarur.
5.7.Yollanmaning qaytariladigan talon qismi undan foydalanganlikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi, u yoqolgan hollarda davolanuvchi, dam oluvchi sanatoriy yoki dam olish uyida bolgan vaqti korsatilgan hamda sanatoriy yoki dam olish uyi direktori tomonidan imzolab, muhr bilan tasdiqlangan malumotnoma yollanmadan foydalanganlikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
5.8.Yollanmalardan togri foydalanilishi ustidan nazorat tarmoq kasaba uyushmalarining Markaziy kengashlari, sohalar boyicha Respublika birlashgan qomitalari, tuman, shahar kengashlari va birlashgan qomitalari, ularning taftish komissiyalari hamda Kengashlar tomonidan amalga oshiriladi, yollanmalardan notogri foydalanganlik holatlari aniqlanganda mansabdor shaxslarga nisbatan choralar korish ularning rayosat yigilishlarida korib chiqiladi.
VI. YAKUNIY QOIDA
Mazkur Yoriqnoma tarmoq kasaba uyushmalari Markaziy, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari Sanator-kurortlar boshqarmasi bilan kelishilgan.
 

ORQAGA QAYTISH


YOPISH