BOTANIKA SANATORIYSI » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi

Botanika sanatoriysi iqlimli va balneologik kurort kurort, Toshkent shahridan 30 km masofada, Tyan-Shan togi etaklarida, dengiz sathidan 570 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Quyoshli kunlarning koplig, quruq va musaffo havo iqlim bilan davolash otkazishga goyat qulay. Iqlim bilan birga, tabiiy davo omillari: termal xlorid-gidrokarbonad natriyli suvlari ichishga, vannalar va dushlar uchun, ichaklarni chayish va medani yuvish maqsadida qollaniladi. Xlorid-natriyli suvlar yurak-qon tomirlari, asab tizimlari, oshqozon-ichak yollari faoliyatini yaxshilashga komaklashadi va arterial qon bosimi kotarilishini oldini oladi. Madanli suvlardantashqari, Jizzax viloyatining Baliqli kolidan keltirilgan shifobaxsh balchiqdan applikatsiya va galvano-balchiq bilan davolashda foydalaniladi. Serquyosh kunlar, musaffo havo, shifobaxsh suv va davolovchi balchiqlarasab tizimlari hamda oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar sogliqlarini tiklash uchun qulaydir. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud. Zarur klinik va bioximik laboratoriya, shuningdek ultratovush tashxislash usullari va davolash yuqori darajaga yetgan. Yotoq binolari bir va ikki orinli shinam xonalarga ega. Sanatoriyda bolalar (4-yoshdan boshlab) va ota-onalar, hamda qariyalar bolimlari mavjud. 6-korpusda dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, stol tennisi, bilyard va diskoklub mavjud. Shuningdek har turdagi ekskursiyalar uyushtirilib turiladi. Qoshimcha xizmatlardan: sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bolimi, avtotransport turar joyi va boshqa turdagi xizmatlar faoliyat korsatmoqda.

Sanatoriyda bemorlar
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- elektronur;
- davolash badantarbiyasi va uqalash;
- psixoterapiya;
- igna-refleksoterapiya;
- gidroayeroioniatsiya;
- lazeroterapiya;
- parafin-ozokeritlar;
- parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.

Manzili:Toshkent viloyati, Qibray tumani, Oqqovoq qishlogi
Telefon: +998713008646
Faks: +998713008646
E-mail: sihatgoh_botanika@mail.ru

ORQAGA QAYTISH

YOPISH