Chinobod sanatoriysi Toshkent shahridagi balneologik balchiqli kurort. Davolanish uchun ko‘rsatmalar: ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari remissiya bosqichida, ginekologik kasalliklar, qandli diabet.
Asosiy tibbiy davo omillaridan: Toshkent artezian hovuzining termal (+51 C) madanli suvi, xlorid-gidrokarbonatli natriyli suvlari, Baliqli ko‘lining balchig‘ini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Sanatoriyada zarur diagnostika va davolash xonalari mavjud. Madanli suvidan vannalar uchun, ichakni chayish, me’dani yuvish, duodenal drenajlar, davo ichimligi sifatida foydalaniladi.
Tabiiy davolash omillaridan tashqari, fizik vositalar bilan davolanadi, massaj davolash jismoniy tarbiyasi qilinadi, parhez ovqatlar beriladi.
Yotoq binolari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega, bir va ikki o‘rinli xonalardan iborat. Madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari bor, ekskursiya tashkil etilgan.
Sanatoriy hududida maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari mavjud.
Sanatoriyda bemorlar:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- applikattsiyalar va galvanik loy ko‘rinishidagi balchiq bilan;
- parafin-ozokerit;
- suv ostida dush-massaj;
Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi, 88-uy
Telefon: +998712122912
Faks: +998712122276
E-mail: sihatgoh_chinabod@mail.ru