Chortoq sanatoriysi Namangan shahridan 25 km masofada, Chortoqsoy daryosi yoqasida, Chotqol tog‘ adirlarida, dengiz satxidan 650 metr balandlikda
joylashgan balneologik va iqlimiy kurortdir. Yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish va tayanch-harakat a’zolari, asab tizimi, ginekologik va teri
kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillari mavjud bo‘lib, yod, bromli va boshqa ko‘pgina minerallarga boy bo‘lgan
termal ma’danli suvlari ichish va vannalar berish uchun qo‘llaniladi. Shifobaxsh balchiq applikatsiya va galvano-balchiq usulida beriladi.
O‘tkir miokard infarktini kechirgan bemorlarning sog‘ligini tiklash uchun reabilitatsiya bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi.
Yotoq binolari barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bir va ikki xonalardan iborat.
Madaniyat saroyi, kutubxona, turli sport maydonchalari, sartaroshxona, aloqa bo‘limi sizning xizmatingizda.
Turli xildagi sayohat va ekskursiyalar uyushtiriladi.
Sanatoriyda bemorlar:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- fizioterapiya;
- lazer bilan davolash;
- suv bilan davolash;
- davolash badantarbiyasi;
- uqalash;
- psixoterapiya;
- fitobar va parhez ovqatlar yordamida davolanadi.
Telefon: +998694126444
Faks: +998694126444
E-mail: sihatgoh_chortoq@mail.ru