SAYYOR QABUL » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
SAYYOR QABUL

SAYYOR QABUL

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hududiy Kengash rahbariyati va masʼul xodimlari hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi Yuridik texnikumida turli korxona,tashkilot va muassasalarning kasaba uyushmalari aʼzolari uchun "Sayyor qabul” va "Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari, Mehnat inspeksiyasi boshligʻi - Qobiljon Kirgizaliyev, Federatsiya apparatining Yuridik boʻlim mudiri Premqulov Xamidulla Raxmatullayevich, Mehnat inspeksiyasining Murojaatlar bilan ishlash shoʻba mudiri Rzayeva Guzalya Turgunbayevna hamda Navoiy viloyat prokurori birinchi oʻrinbosari Zayniyev Ravshan Sadriddinovichlar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad, mehnatkashlarning murojaatlarini tinglab joyida bartaraf etish, Federatsiyaga tushayotgan murojaatlarni qayta-qayta takrorlanishini oldini olish hamda yangi Oʻzbekiston va yangi kasaba uyushmalarida olib borilayotgan islohatlar bilan tadbir ishtirokchilarini habardor etish.

Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilar tomonidan oʻzlarida yuzaga kelayotgan ish beruvchilar bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnatmunosatlarida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan savollariga javoblar oldilar.





BOSHQA YANGILIKLAR