OCHIQ ESHIKLAR KUNI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
OCHIQ ESHIKLAR KUNI

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hududiy Kengash rahbariyati hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali faollar zalida barcha tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat, shahar va tuman kengashlari, boshlangʻich hamda birlashgan kasaba uyushma qoʻmitalari raislari, shuningdek NKMK kasaba uyushma faollari uchun "Sayyor qabul” va "Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari, Mehnat inspeksiyasi boshligʻi - Qobiljon Kirgizaliyev, Federatsiya apparatining Yuridik boʻlim mudiri Premqulov Xamidulla Raxmatullayevich, Mehnat inspeksiyasining Murojaatlar bilan ishlash shoʻba mudiri Rzayeva Guzalya Turgunbayevna hamda Navoiy viloyat prokurori birinchi oʻrinbosari Zayniyev Ravshan Sadriddinovichlar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad, yangidan saylangan kasaba uyushma qoʻmitalari raislarini oʻz faoliyatlarini Ustav talablari asosida olib borishlari va jamoa shartnomalari va kelishuvlarini qabul qilishda mehnat qonunchiligida belgilangandan ortiqroq kafolat va imtiyozlarni kiritish, kasaba uyushmalarining asosiy vazifasi xodimlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy tomondan qoʻllab-quvvatlash ekanligi tushuntirishlar berildi.


Tadbir savol javoblarga boy tarzda qiziqarli oʻtdi. Kasaba uyushma faollari "Sayyor qabul” va "Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tez-tez tashkillashtirish yuzasidan oʻz takliflarini berdilar.

BOSHQA YANGILIKLAR