OLTINSOY SANATORIYSI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

Oltinsoy sanatoriysi Navoiy shahridan 80 km shimoliy-sharqda Oqtog‘ yonbag‘rida joylashgan. Hududning balandligi dengiz sathidan 400m yuqorida, havo harorati yil davomida yanvar 13C dan iyul oyida +27.5C gacha, o‘rtacha 13.1C ni tashkil etadi. Bu yerda davolash uchun ishlatiladigan mineral suv 1979 yilda Sirdaryo gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan ichimlik suvini izlash vaqtida topilgan. Oltinsoy sanatoriysida bemorlarni davolash uchun 1p va 2n skvajinalaridan olinadigan mineral suvlar ishlatiladi. Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy tekshirish instituti va "GIDROINGEO” GP laboratoriyalarida bajarilgan analiz natijalariga ko‘ra mazkur suvlar kam minerallashgan azotli yuqori haroratli kremniyli natriy sulfat+xloridli, kuchsiz ishqoriy yumshoq suvlar turkumiga kirib, 2l/s debit bilan chiqadi. Suv tarkibida quyidagi spetsifik komponentlar va mikroyelementlar mavjud: radon, ftor, mishyak, selen, mis, rux va boshqalar me’yordan kam miqdorda. Mazkur suvlar yurak-qon tomir sistemasi, asab sistemasi, tayanch-harakat sistemasi, endokrin sistemasi, siydik ayirish sistemasi, ginekologik va teri kasalliklarida vanna ko‘rinishida davolashga hamda oshqozon-ichak kasalliklarida davolovchi-oshxona suvi sifatida ishlatishga tavsiya etiladi. Sanatoriyda EKG, UTT va klinik-bioximik laboratoriya tekshirishlari bajariladi
Sanatoriyda bemorlarga malakali shifokorlar
- ginekolog;
- kardiolog;
- terapevt;
- nevropatolog;
- stomatolog xizmat ko‘rsatishadi.

Manzili: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Chilash qishlog‘i
Telefon: +998987782128
Faks: +998795452201
E-mail: sihatgoh_oltinsoy@mail.ru

ORQAGA QAYTISH