Oq-tosh sanatoriysi Toshkent shahridan 65 km masofada joylashgan tog‘-iqlimiy kurort.
Xududi keng bargli o‘rmonzorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, undan Oqtosh va Ayubsoy tog‘ daryolari oqib o‘tadi.
Davolash omili: musaffo tog‘ daryolaridan keladigan tabiiy gidroinlanish kelib chiqishi jihatidan nospetsefik
nafas a’zolari kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni davolashda ta’sir qiladi.
Davolash uchun ko‘rsatmalar: nafas a’zolarining tuberkulyozga aloqador bo‘lmagan kasalliklari.
Yotoq xonalari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega, bir va ikki o‘rinli xonalari bor. Kino zali bo‘lgan klub,
kutubxona, sport maydonchalari bor. Ekskursiyalar tashkil etilgan. Sanatoriy xududida maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari mavjud.
Sanatoriyda bemorlar:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- fizioterapiya;
- davolash badantarbiyasi va uqalash;
- sun’iy vannalar (ignabargli, tuzli);
- parafin va ozokerit bilan davolash;
- sauna;
- terrenkur;
- parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.
Manzili:Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh qishlog‘i
Telefon:+998717426338
Faks: +998717426338
E-mail: sihatgoh_oktosh@mail.ru