Chinobod Plaza sanatoriysi besh qavatli bo‘lib, 1,7 gektar maydonda joylashgan 144 xona va davolash korpusiga ega. Yiliga 4,5 ming nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Ushbu sihatgoh faoliyati asosan oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana vaznining oshishi (metobolik sindrom), qandli diabet,
oshqozon osti bezi kasalliklari, o‘t qopi yarasi hamda jigar kasalliklarini davolash va profilaktika qilishga mo‘ljallangan.
Mazkur dam olish maskani eng zamonaviy diagnostika davolash uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, davolanuvchilarga maxsus
tayyorgarlikdan o‘tgan 113 nafar yuqori malakali mutaxassis xizmat ko‘rsatadi.
Sanatoriyda davolanish tabiiy, iqlimiy va fizioterapevtik usullar majmuasi bilan amalga oshiriladi. Ulardan asosiylari Toshkent artezian yer osti suvlari havzasining termal,
kam mineralli, xlorid-sulfat-natriy-gidrokarbonatli shifobaxsh suvlaridir.
Manzili: Toshkent viloyati, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi
Telefon: +998555033636
E-mail: info@profkur.uz