QASHQADARYO SOHILI SANATORIYSI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi

Qashqadaryo sohili sanatoriysi Qarshi shahrida, Qashqadaryo vohasidagi so‘lim joylardan biri bo‘lgan Qashqadaryo daryosining soxilida, dengiz satxidan 600 metr balandlikda joylashgan, iqlimiy balneologik sihatgohdir. Musaffo havo surunkali buyrak, yurak, qon-tomir, tayanch-harakat a’zolari, asab, ovqat xazm qilish a’zolari va ginekologik kasalliklarni davolashda muhim omildir. Tashxis qo‘yishda zamonaviy kompyuterli ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, endoskopiya, klinik va bioximik laboratoriya, nevropatolog, gastroyentrolog, kardiolog, stomatolog, ginekolog, okulist, urolog shifokorlari faoliyat ko‘rsatadilar. 1100-1130 metr chuqurlikdan termal kam minerallashgan, tarkibida xlorid-sulfat kaltsiy natriyli organik moddalarga boy suv davolash jarayonida keng qo‘llaniladi.

Sanatoriyda bemorlarni davolashda
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- quyosh vannalari;
- ozokerit-parafin;
- shifobaxsh balchiq;
- madanli vannalar, dushlar, basseyn;
- sauna;
- davolash jismoniy tarbiya;
- igna-refleksoterapiya;
- psixoterapiya;
- yuqori va past kuchlanishli toklar;
- lazeroterapiya;
- duodenal zondlash va ichaklarni yuvish;
- parhez ovqatlanish kabi usullaridan foydalaniladi

Manzili: Qarshi shahri, Rovot ko‘chasi, 12-uy
Telefon: +998752261726
E-mail: sihatgoh_sohili@mail.ru

ORQAGA QAYTISH