KASABA UYUSHMA TASHKILOTI QANDAY TUZILADI? » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi

Agar Siz mehnat qilayotgan korxona, tashkilot, muassasada kasaba uyushmasi tashkiloti bolmasa, kamida 5 nafar hamkasblaringiz bilan birgalikda uni tashkil etishingiz mumkin.
Buning uchun qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirmoqchi bolsangiz osha tarmoq kasaba uyushmasining ustavi bilan tanishib chiqing.
Shundan song korxona (tashkilot, muassasa) mehnat jamoasining umumiy yigilishi (umumiy yigilish chaqirishning imkoni bolmagan yirik korxonalarda konferensiya) otkazilib, kasaba uyushmasi tashkilotini tuzish va qaysi tarmoq kasaba uyushmasi tizimiga kirish haqida qaror qabul qilinadi.
Yigilish (konferensiyada) shuningdek:
15 nafargacha kasaba uyushmasi azosini birlashtirgan boshlangich kasaba uyushmasi tashkilotida kasaba uyushmasi tashkilotchisi, uning orinbosari va gaznachi;
15 va undan ortiq kasaba uyushmasi azolarini birlashtirgan boshlangich tashkilotda kasaba uyushmasi qomitasi va (agar boshlangich tashkilot alohida hisob raqamiga ega bolsa) taftish komissiyasi saylanadi.
Boshlangich tashkilot tashkil etilgandan song on kun muddatda bu haqda qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirilmoqchi bolsa, shu kasaba uyushmasining hududiy tashkilotiga (tuman, shahar kengashi, viloyat birlashgan qomitasiga), ular bolmagan taqdirda esa kasaba uyushmasi Respublika kengashiga xabar qilinadi.
Boshlangich tashkilotning mazkur xati asosida kasaba uyushmasining yuqori tashkiloti boshlangich tashkilotni kasaba uyushmasi xizmatiga qabul qilish, uning hisob raqamini ochish va muhrini tayyorlash togrisida qaror qabul qiladi.

Qoshimcha malumotlat uchun:
Telefon: +998792260340
Elektron pochta: navoi@kasaba.uz


Xodimlarning umumiy yigilish bayoni (namuna)

YUKLAB OLISH
YOPISH