Turon sanatoriyasi Toshkent shahrida joylashgan yurak-qon-tomir a’zolari, asab tizimi, andrologik va ginekologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashga va sog‘lomlashtirishga ixtisoslashtirilgan maskan. Miokard infarkti bo‘lib o‘tgan bemorlar uchun salomatlikni tiklash bo‘limi ishlab turibdi.
Davolash omillariga:
- iqlim bilan davolash;
- davolash badantarbiyasi;
- kam minerallashgan xlorid-gidrokarbonat-sulfat-natriyli va radionli ma’danli vannalar;
- basseyn va dushlar ko‘rinishidagi turli suv bilan davolash usullari;
- balchiq bilan davolash kiradi.
Tashxis qo‘yishda va davolashda kompyuterli EKG va UZD apparatlari, klinik va bioximik laboratoriyalar, tor mutaxassislar: kardiolog, nevropatolog, urolog-androlog, ginekolog, dermatolog, okulist, psixoterapevt va stomatologlar faoliyat ko‘rsatadilar. Yotoq binolari barcha qulayliklarga ega. Bir va ikki o‘rinli shinam xonalardan iborat. Sanatoriya oshxonasida har xil shirin, lazzatli parhez taomlar beriladi, "vitaminli stol” tashkil etilgan. Bu yerda madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.
Manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa ko‘chasi, 159-uy
Telefon: +998712664042
Faks: +998712664034
E-mail: sihatgoh_turon@mail.ru