ZOMIN SANATORIYSI » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi

Zomin sanatoriysi - Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qoriqxona xududida joylashgan. Chiroyli tog manzarasi, musaffo havo, quyosh nurlarining molligi, ultrabinafsha radiatsiyasining yuqoriligi iqlimiy profilaktik va terapevtik muolajalar otkazishga qulay sharoitlar yaratadi. Davolash uchun korsatmalar: nafas olish azolari va nerv tizimi kasalliklari (funktsional). Sanatoriyda 3 yoshdan 14 yoshgacha bolgan bolalarni ota-onalari bilan birga qabul qilish uchun "Ona-bola bolimi tashkil qilingan. "Zomin sanatoriysi eng yangi davolash-tashxislash apparatlari bilan jihozlangan. Asosiy davolash omili tog iqlimidir. Yotoq binosi shinam, bir va ikki orinli palatalardan tashkil topgan. Shu binoda klub, kutubxona, bar, bolalar uchun attraktsionlari bolgan oyin xonalari, sport maydonchalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil qilinadi.

Sanatoriyda bemorlar
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- suv bilan davolash (suniy marvaridli, yod-bromli, igna bargli vannalar, dushlar, suv havzasi);
- davolash badantarbiyasi va uqalash;
- fizioterapevtik;
- torrenkur;
- sauna;
- bronxial astmali bemorlarni davolash uchun galokameradan foydalaniladi.

Manzili: Jizzax viloyati, Zomin tumani
Telefon: +998955037135
Faks: +998955047135
E-mail: sihatgoh_zomin@mail.ru

ORQAGA QAYTISH

YOPISH