O‘ZKUF NAVOIY VILOYAT KENGASHI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
O‘ZKUF NAVOIY VILOYAT KENGASHI

O‘ZKUF NAVOIY VILOYAT KENGASHI

V

iloyat Kengashi faoliyatining asosiy maqsadi Federatsiyaga a’zo tarmoq kasaba uyushmalarining hududdagi barcha kasaba uyushmalari tashkilotlari a’zolarining ijtimoiy-mehnat huquklari, ishlab chiqarish, kasbiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, a’zo tashkilotlarning umumiy maqsadlariga erishish, umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, amaldagi qonunchilik doirasida ularning huquqiy kafolatlarini ta’minlashdir.
Ushbu maqsadlar yo‘lida Kengash vazifalari:
- a’zo tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishga, ularni mustahkamlashga ko‘maklashadi; - mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik tizimini rivojlantirishga, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar hamda Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining uch taraflama hamkorligi tamoyillarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
- O’zbekiston Respublikasi tomonidan mehnat munosabatlariga oid, bandlik ijtimoiy himoya, mehnat migratsiyasi, kasb-hunar ta’limi, mehnat va sog‘liqni muhofaza qilish, kasaba uyushmalari huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, gender tengligi, yoshlarga oid va ijtimoiy-mehnat sohasiga aloqador boshqa masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
- mehnatga, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; - ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida xodimlarning munosib turmushi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydigan sharoitlar yaratish, gumanitar muammolarni hal etish, aholi qatlamlarining huquk va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- kasaba uyushmalari a’zolari va ularning oilalari o‘rtasida soglomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi, madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalarini, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni soglomlashtirish va dam oldirishni rivojlantirish masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshka institutlari bilan birgalikda harakat qiladi;
- Kengashning maqsadlari va vazifalari yo‘lida yaratilgan yoki sotib olingan, shuningdek belgilangan tartibda unga boshqa mulkiy huquq asosida berilgan mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, uning saqlanishini ta’minlaydi, mulkiy huquqlarining kim tomonidan bo‘lmasin, har kanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan samarali foydalanish choralaringi amalga oshiradi, a’zo tashkilotlarning mulkdan samarali foydalanishlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar beradi;
- nashr organlariga ega bo‘ladi va nashriyotchilik faoliyatini olib boradi, o‘z faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xabardor qiladi;
- Kasaba uyushmalarining qonunlarda belgilangan boshqa huquqlarini amalga oshiradi.
Viloyat Kengashi kasaba uyushmalari tashkilotlarining quyidagilarga erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi:
- millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, kasaba uyushma a’zosining mehnat qilish, ish va kasbini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitiga va ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
- maksimal darajada bandlikning ta’minlanishi, daromadlarning oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasining kamaytirilishiga;
- mehnatga haq to‘lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga;
- ishlab chiqarishni rivojlantirish darajasiga muvofiq ishlovchilarning malakasi oshirilishi va kasbiy qayta tayyorlanishiga;
- mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishiga;
- davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mehnatkashlarning mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquq va manfaatlariga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, xalq farovonligi, ijtimoiy barqarorlik va yurt osoyishtaligini saqlash borasida o‘zaro hamkorlik olib borilishiga;
- mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik yo‘lga qo‘yilishi, jamoa muzokaralarining tashkil etilishi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishi, ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishiga;
- xodimlar va ularning oila a’zolarining sog‘lomlashtirish, ommaviy sportni targ‘ib etish, ma’naviy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan madaniy- ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etilishiga, shuningdek madaniyat, jismoniy tarbiya va sport inshootlari, sanatoriylar, dam olish uylari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishiga ko‘maklashishga. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
- mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida kasaba uyushmalari a’zolarining iqtisodiy, mehnat, ijtimoiy huquq va manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
- ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
- ish beruvchilar birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kelishuvlar tuzish va ularning amalga oshirilishiga erishish;
- mehnat, bandlik, maishiy turmush, sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va sport ishlari, shuningdek boshka masalalar bo‘yicha tegishli idoralarga takliflar kiritish hamda ularning hayotga tatbiq etilishiga erishish. Viloyat Kengashi:
- Qonun hujjatlariga rioya etishga;
- Federatsiya Ustavi talablari, Federatsiya organlarining Ustavga muvofik qabul qilgan qarorlarini bajarishga;
- Federatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish, Federatsiya a’zo tashkilotlarining huquq va manfaatlarini himoya etishda birdamlik ko‘rsatishga, Federatsiyaning maqomini mustahkamlash va uning jamiyatdagi hamda xalqaro kasaba uyushmalari harakatidagi rolini oshirish bo‘yicha ish olib borishga;
- Federatsiya va unga kirgan a’zo tashkilotlar manfaatlarini kamsitadigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka;
- ijtimoiy sug‘urta budjeti va sanatoriy yo‘llanmalarini taqsimlash rejasini tasdiqlash, ijtimoiy sug‘urta mablaglarining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat yuritish, Federatsiya Kengashiga budjet ijrosi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni takdim etishga;
- kasaba uyushmalari tashkilotlariga tashkiliy-huquqiy, uslubiy-konsultativ yordam ko‘rsatishga;
- vakolati doirasida qabul qilinayotgan, o‘zgartirishlar kiritilayotgan yoki bekor qilinayotgan nizomlar hamda boshqa tegishli hujjatlar haqida Federatsiyani xabardor qilib borishga;
- Federatsiya ta’sis etgan ommaviy axborot vositalari, uning tasarrufidagi boshka tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashishga;
- Federatsiya Kengashi tomonidan belgilangan tartibda, muddatlarda va miqdorda a’zolik badallaridan ajratmalarni Federatsiyaning hisob raqamiga o‘tkazib borish;
- kasaba uyushmasi mablag‘lari, shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish uchun ajratiladigan mablag‘larning to‘lik va o‘z vaktida tushishini ta’minlashga;
- a’zolik badallarini hisoblash, to‘lash va yo‘llanmalardan foydalanish bilan bog‘lik moliyaviy hisobot, boshqa statistik ma’lumotlarni belgilangan shakl va tartibda Federatsiya Kengashiga taqdim etishga majbur.
Viloyat Kengashi rahbari Federatsiya kollegial organlari qabul qilgan karorlarning amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir. Qarorlarni bajarmaslik hollari Federatsiyaning vakolatli tuzilmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. .

 

BOSHQA YANGILIKLAR