Navoiy viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan 2021 yilda viloyatimizning 2 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlari va ularning oila-a’zolarini sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 son Farmonining 9-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Rayosatining 2020 yil 14 dekabrdagi "Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi 54-q/q sonli, 01-16 "s" sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash hamda Xalq ta’limi tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarni, jumladan, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlari, umumta’lim muassasalari direktorlari va o‘qituvchilarini sanatoriylarda sog‘lomlashtirishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida, viloyatning tuman va shaharlarida ya’ni, Xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 261 nafar o‘qituvchi-murabbiylarni bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning yanvar oyida 13 nafar o‘qituvchi va murabbiylar kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirildi. Fevral oyida 12 nafarini sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
Zarafshon shahar 12- maktab direktori Xujanova Oygul Bozorovna Abu Ali Ibn Sino sanatoriysida yanvar oyida o‘z sog‘ligini tiklab, dam olib keldi.
Uchquduq tuman 13-maktab direktori Yaminova Mavluda Farxatovna Prezidentimizning ¹ 6108 farmoni asosida 2021 yil yanvar oyida "Yangiyer” sanatoriysida bepul sog‘lomlashtirildi.
Shuningdek Navoiy shahar 11-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi direktori Djumaniyozova Gulnora Erkinovna, Xatirchi tumanidagi 88-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Tog‘ayev Alisher Sheraliyevich, Qiziltepa tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Azizova Rahbarxon Muxiddinovna, Qiziltepa tuman 39-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktab internati direktori Abdullayev Izatulla Ubaydullayevich, Konimex tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Yeleushinova Saltanat Dauirxanovnalar 2021 yil yangidan ochilgan "Chinobod plaza” sanatoriysiga, Konimex tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti Sadiqov Atabek Qaxramanovich "Yangiyer” sanatoriysiga, Navbahor tuman 20-maktab direktori Rizaqulova Shaxlo Eshpo‘latovna "Abu Ali Ibn Sino” sanatoriylarida bepul ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi.
Birlashma mutaxassisi M.Nazarova