Kasaba uyushmalari hamkorligidagi obodonlashtirish ishlari » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi
Kasaba uyushmalari hamkorligidagi obodonlashtirish ishlari

Kasaba uyushmalari hamkorligidagi obodonlashtirish ishlari

Nurota tumanida "Tozalik va obodonlashtirish oyligini tashkil etish hamda aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida joriy yilning 18-19 fevral kunlari Nurota tumanidagi mahallalardagi korxona, tashkilot va aholi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar birlashma xodimlari tomonidan organildi va ularga amaliy yordamlar berildi.
Nurota tuman Mahalla va oilani qollab-quvvvatlash bolimi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlari (10 nafar) hamda sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tumanda obodonlashtirish boyicha amalga oshirilishi lozim bolgan ishlar kelishib olindi hamda mahallalar kesimida ishchi guruhlar tashkil etildi.
Dastlab, tumandagi 8 ta mahalla (Bodiq, Mustaqillik, Mirishkor, Oqmachit, Eshon Sudur, Ibn Sino, Nurfaxr, Istiqbol)da ishchi guruhlari mahalla fuqarolar yigini raisi boshchiligida masul etib biriktirilib, ishchi guruh tomonidan organilgan xonadonlar egalariga tavsiyalar berildi.
Avvalambor xududdagi har bir mahalla binosi saqlanishi va xududidagi yer maydonida obodonlashtirish ishlariga etibor qaratildi. "Bodiq, "Istiqbol mahallalar uchun ajratilgan binolar eskirib, bugungi kun talabiga javob bermaydi, ushbu mahallalar qariyb 40 yil oldin qurilgan bolib, ishlash uchun sharoitlar yetarlicha emas.
"Mustaqillik MFY joylashgan bino bugungi kunga qadar tuman sogliqni saqlash tasarrufida bolib, binoning old fasad qismi ayanchli ahvolda, tamirtalab bolib qolgan, binoni tamirlash boyicha kasaba uyushmalari mablaglari hisobidan yordam berilishi boyicha kelishib olindi, shuningdek, binoni mahalla balansiga otkazish boyicha taklif berildi. Shu kuni ushbu mahallada yollarni tosh va shagal tashlashga tayyorlash uchun qurilish texnikalari ishlayotganligi guvohi boldik va "Mustaqillik mahallasining oxirigacha yollarni tekislash boyicha kelishib olindi.
Shu kunning ozida tumandagi 200 dan ortiq xonadonlarning tashqi qismlarini tozalash, ortiqcha buyumlarni olish, tomorqa madaniyati boyicha yerlarni agdarib, daraxt, kochatlar ekish, daraxtlarga shakl berish hamda ariqlarni tozalash boyicha tushuntirish va targibot ishlari olib borildi.
Jumladan, tumandagi "Istiqbol, "Mustaqillik, "Mirishkor, "Oqmachit va "Bodiq mahallalaridagi ayrim aholi xonadonlari va ijtimoiy ob'yektlar yerlari toliq agdarilmagan, daraxtlar va devorlar oqlanmagan, ariqlar va tomorqa yerlari xas-xashaklardan tozalanmagan, xonadon atrofidagi chiqindilar toliq olinmaganligining guvohi boldik. Bu xonadonlarda eng katta muammo bu oqova suv yoqligi sababli ekilgan ekinlar kokarmasligini, yerlar chollashini hamda daraxtlar tez rivojlana olmay qurib ketishidir. Shuningdek, ushbu mahallalardagi yollar talabga javob bermasligi, qum tuproq bolib, yogingarchilik kunlarida fuqarolarga kirib-chiqishda qiyinchiliklar tugdirmoqda.
"Bodiq, "Istiqbol mahallalar uchun ajratilgan binolar eskirib, bugungi kun talabiga javob bermaydi, ushbu mahallalar qariyb 40 yil oldin qurilgan bolib, ishlash uchun sharoitlar mavjud emas.
Shu bilan birga kopgina korxona, tashkilotlar va tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli xududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilib, atroflari tozalanib, daraxt va kochatlar ekilyapti.
Organilgan xonadon va ob'yektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, muddat belgilab berildi.

BOSHQA YANGILIKLAR

YOPISH