Navoiy davlat konchilik institutida "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi doirasida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashabbusi bilan ta’lim muassasasi bitiruvchilari va taniqli tadbirkorlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda yirik tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlaridan "Zarafshan Golden Group” kompaniyasi ta’sischisi, senator Ulug‘bek Fayziyev, "Garden Hous Group” rahbari Farxod Sirojov, "Eksport Fish Product” MChJ rahbari Obidjon Saidov ishtirok etdilar. Muloqot davomida U. Fayziyev viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari bilan birgalikda tadbirkor hamda senator sifatida yoshlarni o‘y-fikrlar, takliflari bilan yaqinda tanishdi va ularga kelgusida "Zarafshan Golden Group” kompaniyasi ishlash taklifni bildirdi. Shuningdek, konchilik instituti bitiruvchilarini kompaniya faoliyati bilan yaqindan tashitirishga kelishib olindi.
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tajribali tadbirkorlar va mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi. Ochik mulokot davomida faol ishtirok etgan yoshlar tadbirkorlarimiz tomonidan esdalik sovgalari bilan takdirlandilar
.
Tadbir tugagach talabalar tomonidan ularni kiynab kelayotgan muommolar yuzasidan aloxida suxbatlar xam olib borildi.