SEMINAR TRENING
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yoshlar bo‘limi tomonidan joriy yilning 17 mart kuni Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga xaridorlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markaziga qarashli Karmana tumani Toshkent ko‘chasida joylashgan "SHADOZI" kelinlar libosi binosida "Korxonamiz mahsulotlari” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada mazkur o‘quv kursi a’zolari tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari namoyish etilib, o‘quv kursi rahbari N.Hasanova hamda yosh tadbirkor M.Saidova tomonidan seminar trening darslari tashkil etildi.