KASABA UYUSHMASI KUBOGI

KASABA UYUSHMASI KUBOGI

Bugungi kunda Navoiy viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan 2021 yil Yoshlarni qollab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili davlat dasturi ijrosini taminlash boyicha kopgina tadbirlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Navbatdagi tadbir millionlar oyini - futbolga bagishlandi.
Joriy yilning 7 aprel kuni Navoiy viloyat futbol akademiyasi tasarrufida bolgan "Kimyogar oyingohining sport maydonida kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot hamda muassasalarda faoliyat yuritayotgan, 30 yoshgacha bolgan ishchi xodimlar ortasida "Kasaba uyushmasi kubogi uchun sportning mini-futbol turi boyicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbirni viloyat futbol akademiyasi bosh murabbiysi Amonov Nasriddin Shamsiyevich ochib berdi. Bosh murabbiy oz nutqida mamlakatimizda yoshlar sportiga, ularning jismonan soglom bolib voyaga yetishlariga qaratilayotgan etibor oz samarasini korsatayotganini alohida takidlagan holda ishtirokchilarni bugungi bayram bilan qutladi.
Guruh sardorlari tomonidan qura tanlash orqali raqib komandalar belgilab olindi. Mazkur musobaqada istedodli sportchi bolalarni kordik. Chiroyli oyinlarning guvohi boldik. Futbol - bu jamoa oyini hisoblanadi. Unda yoshlar bir jamoa sifatida bir-birlarini qollab-quvvatlab, muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligiga amin bolishdi.

Mini futbol boyicha otkazilgan oyinlarlarda 1-orin Qizilqumtsement AJ jamoasi goliblikni qolga kiritishdi. 2-orin Ozbektelekom AK Navoiy filiali jamoasiga, 3-orin esa Navoiy IES AJ jamoasiga nasib etdi.
Goliblarga esdalik sovgalari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining orinbosari N.Isoqov tomonidan topshirildi.
Tadbir yakunida sport musobaqasi ishtirokchilari, ularga muxlislik qilgan jamoadoshlari bilan birgalikda esdalik uchun suratlarga tushildi. Tadbirda faol ishtirok etgan jamoalarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining tabrik sozlari bitilgan nominatsiyalar topshirildi.