ZARAFSHON GOLDEN GROUP

ZARAFSHON GOLDEN GROUP

Davlatimiz rahbari tomonidan Vatanimiz kelajagi bolgan yoshlar masalasiga ustuvor vazifa sifatida katta etibor qaratib kelinmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga kotarilib, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli goyalari va loyihalarini royobga chiqarishga, shuningdek, ularni yuksak manaviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini oz zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 23.04.2021 kuni Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashabbusi, "Zarafshon Golden Group kompaniyasi rahbari U.Fayziyev komagida, "Yoshlar kelajagimiz jamgarmasi Navoiy viloyat filiali hamkorligida 2021 yil "Yoshlarni qollab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili davlat dasturi ijrosini taminlash, yoshlarga kelajakda munosib ish joyini topishlariga komaklashish hamda yirik tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Yoshlar daftariga kiritilgan, tadbirkorlikka ishtiyoqi bor ishsiz yoshlar ishtirokida "Zarafshon Golden Group kompaniyasining eng oxirgi texnologiyalar asosida qurilgan yirik ishlab chiqarish zavodlari hamda hozirgi zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirishga moljallangan issiqxonalarga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilib chet davlatlarga eksport qilinayotgan har xil turdagi qurilish materiallarining ishlab chiqarish bosqichlari, qishloq xojaligi mahsulotlari, gul kochatlarining parvarishlash jarayonlari kompaniya mutaxassislari tomonidan tushuntirib borildi. Yoshlarimiz ushbu jarayonlarni oz kozlari bilan korib tanishar ekan qalblarida bir olam taassurotalar bilan qaytishdi. Kelajakda ish joyi tanlash istagidagi bolgan yoshlarda "Zarafshon Golden Group kompaniyasida ishlash istagi uygondi.
Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli goyalari va loyihalarini royobga chiqarishga yordam beradi degan umiddamiz.