XOTIRA TADBIRI » O‘zKUF Navoiy viloyat Kengashi
XOTIRA TADBIRI

XOTIRA TADBIRI

2021 yil - "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili Davlat dasturi doirasida milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘quvchilarda insoniy fazilatlarni yanada rivojlantirish, ona Vatanni va xalqiga muhabbat, sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash, ajdodlarimizning eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib etish, hududlarda istiqomat qilayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa otaxon va onaxonlarni, nafaqadagi ustoz-pedagoglarni qadrlash, ta’lim tizimida samarali mehnat qilib, shogirdlarni tarbiyalab, ta’lim rivojiga hissa qo‘shib, bugungi kunda oramizda bo‘lmagan pedagoglarni yod etish va xotirlash, shuningdek "9 may - Xotira va qadrlash kuni” ni munosib nishonlash hamda VXTBning 2021 yil 1 apreldagi 69-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash xamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shaxar bulinmasi kengashi xamkorlikda "Unutmoq osonmas sizlarni” onlayn-Xotira tadbirlariga har bir ta’lim muassasasidan ta’lim rivojiga hissa qo‘shib, bugungi kunda oramizda bo‘lmagan pedagoglarni yod etish va xotirlash maqsadida ularning hayoti va faoliyati to‘g‘risida videoroliklar tayyorlash, ular faoliyat yuritgan ta’lim muassasasida shaxmat-shashka, stol tennisi sport turlari bo‘yicha Xotira turnirlarini tashkil etildi.
"Unutmoq osonmas sizlarni” onlayn-Xotira tadbiri Navoiy shahar ta’lim fan va madaniyat kasaba uyushmalarida faoliyat ko‘rsatgan Alisher Yo‘ldoshev,12-sonli maktabda faoliyat ko‘rsatgan direktor Azamat Azimov,1-sonli maktabda faoliyat ko‘rsatgan O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mexribonu Shakirova, 6-sonli maktabda faoliyat ko‘rsatgan Yusuf Musayevning xotirasiga bag‘ishlab o‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat-shashka, stol tennisi sport turidan Xotira turniri o‘tkazildi va qatnashchilarga Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shaxar bulinmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Ta‘lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar bo‘linmasi Kengashi raisi

BOSHQA YANGILIKLAR