Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi sog‘lomlashtirish aktsiyasi doirasidagi xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lib, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarni va ularni oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.
12-may "Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan viloyatimiz tibbiyot muassasalarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tadbirlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali, kam ta’minlangan, guruh nogironligi bo‘lgan hamshiralarimizdan Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi hamshirasi Rasulova Mukarram Samatovna, Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Parmonova Malohat Safarovna, Karmana tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Navruzova Farida Razzoqovnalarga sog‘liklarini tiklab kelishlari uchun "Koxinur” sanatoriysiga ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan bepul yo‘llanmalar berildi. Bu ham xalqimizning ijtimoiy himoyasi yo‘lidagi xayrli ishlardan biridir.

Chaqqon, qo‘li gul hamshiralarimiz hamisha el dardiga madadkor va sog‘-omon bo‘lishsin.
Navoiy viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi ijtimoiy sug‘urta bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Nazarova