

KORRUPSIYAGA QARSHI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 06-10/1638-sonli topshiriq xatiga asosan xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari doimiy komissiyasi tomonidan "Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQL-796/21-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, "Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PFL-319/21-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni hamda 2021-2022 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Muhokama natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar qo‘mitaga taqdim qilindi.
Shuningdek, majlisda viloyat hududida chorak yakuni bo‘yicha huquq-tartibotni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari U.Adizovning axboroti tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
