Ushbu tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad:
faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
korxona, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash;
boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish;
kasaba uyushmalari faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
2021 yilning 17 iyul kuni o‘tkazilgan tadbirda tarmoqlar kesimida viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan boshlang‘ich tashkilotlar, tarmoq kasaba uyushmalari mas’ul tashkilotchilari, viloyat Kengash raislari, viloyat xokimligi, hamkor tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat bosiqichida barcha tarmoq kasaba uyushmalari tizimidan jami 34 nafar g‘oliblar ishtirok etib, g‘oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.
X.Xalilov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri