KARMANADA UCH AVLOD UCHRASHUVI » OzKUF Navoiy viloyat Kengashi
KARMANADA UCH AVLOD UCHRASHUVI

KARMANADA UCH AVLOD UCHRASHUVI

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i M.Shamuratov raisligida o'tkazilgan apparat yig'ilishida berilgan topshiriqqa asosan xalq ta'limi sohasida uzoq yillar davomida fidoiy mehnat qilib, ta'lim sohasiga o'zining beminnat munosib hissasini qo'shgan, ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan va amalda mehnat qilayotgan o'qituvchilarning uchrashuvi Karmana tumani miqyosida tashkil etildi.Ushbu "Uch avlod uchrashuvi" hamda Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami oldidan tadbir tashkil etildi.Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i M.Shamuratov ustozlarni tabriklab, ularga sog'lik-salomatlik tiladi.
Shundan so'ng tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri N.Sodiqova ushbu tadbirga yig'ilgan ulug' yoshdagi ustoz o'qituvchilarni Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami oldidan samimiy tabriklab, bugungi kunlarga shukrona keltirib, ushbu jannatmakon yurtda yashayotgan barcha ta'lim soha fidoiylariga o'zining minnatdorchiligini bildirdi.
Yoshi ulug' faxriy ustozlardan M.Ansorova so'zga chiqib tadbirga kelgan mehmonlarga o'zining ajoyib dil izhorlarini aytib, barchani Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan tabriklab, ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan fidoiy ustozlarga o'zining minnatdorchiligini bildirib o'tdi.
Ta'lim sohasida samarali mehnat qilgan ustozlarga tuman xalq ta'limi bo'limi Kasaba uyushmasi hamkorligida minnatdorchilik sifatida sovg'alari topshirildi hamda tuman madaniyat bo'limining ajoyib qo'shiqlari bilan tadbirga kelganlarga iliq kayfiyati ulashildi.
Bir piyola choy ustida o'tgan marosim iliq taassurotlar qoldirdi va diydorlashuv onlariga boy bo'ldi.

BOSHQA YANGILIKLAR

YOPISH