
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ijroiya qoʻmitasining 2020-yil 2-dekabrdagi 01-10 "s”-sonli qarori hamda 2021-yil 27-oktyabrdagi QQ-17/1277-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan qurilish tarmogʻi obyektlarida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati amalga oshirish belgilangan. Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashining Mehnat inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahridagi "ZARAFSHON GOLDEN GROUP”, "MINOR MILLENIUM”, "JOZIBALI QURULISH MONTAJ”, "NAVOIY KOMFORT QURILISH”, "BRIGHT INDUSTRY BULDINGS THE FUTURE”, "SHARQ JILO MEʻMORI” hamda "NAVOIY EVENTS” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek jamoa shartnomalari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borildi. Olib borilgan jamoatchilik oʻrganishlarida, Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va qonun osti hujjatlariga hamda Mehnat Qonunchiligi asosida ishlarni tashkil etish, xodimlarga ish beruvchilar tomonidan qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, Adliya Vazirligidan 1996-yil 14-avgustda 273-son bilan roʻyxatdan oʻtgan "Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom asosida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha meʼyoriy xujjatlarni ishlab chiqish, Adliya Vazirligidan 1996-yil 14-avgustda 272-son bilan roʻyxatdan oʻtgan "Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom asosida xodimlarni oʻqitish ishlarini tashkil qilish, tushuntirildi, chunki avvalambor ish beruvchining oʻzi mehnatni muhofaza qilish sohasini yaxshi tushunishi kerak, ertaga xodim talab qilingandan keyin bu narsani tashkil etish qiyin boʻladi. Qachonki, ish beruvchining oʻzi mehnat qonunchiligini yaxshi bilsa, shunda ish toʻgʻri tashkil etiladi. Bundan tashqari ish beruvchilarga 2009-yil 16-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida"gi 210-sonli Qonunining maqsadi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi munosabatlarini tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentyabridagi 263–sonli qarori bilan tasdiqlangan "Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazishilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2000-yil 7-yanvarda 870-son bilan roʻyxatdan oʻtgan "Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq, har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi xodimlarning dastlabki yoʻriqnoma va stajirovkadan soʻng, mustaqil ish boshlashidan oldin xavfsiz ish olib borish boʻyicha qoida va yoʻriqnomalar borasidagi bilimlari tekshirishdan oʻtkazilishi va bir yilda bir marta jadval boʻyicha bilimlarni davriy tekshiruvidan oʻtkazilishi, ishchi-xodimlarga toʻgʻri yoʻl-yoʻriqlar berilishi ishlab chiqarishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarning oldini oladi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga hamda Sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan "Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq, ishga kirayotgan vaqtda dastlabki tarzda, xodimlarni chiqimdor qilmagan holda mehnat faoliyati davomida davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi, mehnat shartnomasi asosida xodimlarni ishga qabul qilinishi, ularni xizmat vazifalari doirasi va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan oldindan tanishtirilishi borasida ish beruvchilar hamda ishchi-xodimlarga tushuntirishlar berildi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashining Mehnat huquq va texnik inspektorlari tomonidan qurilish korxonalarida ishchi-xodimlarga yaratilgan mehnat shart-sharoitlari boʻyicha jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashi Mehnat inspeksiyasi