«Navoiydonmahsulotlari” AJda 2020-2022-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasinining 2021-yilda bajarilishi boʻyicha kasaba uyushmasining konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyaga korxona sex va boʻlimlaridan chaqirilgan 45nafar delegatdan, 43 nafar delegat va AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akmal Odilov va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi boʻlim mudiri Zayniddin Mislimov hamda Agrasanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Karmana tuman Kengashi mutaxassisi Farogʻat Yusupovalar ishtirok etdilar. Konferensiyada ish beruvchi hamda kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Nargiza Sanaqulovalar tomonidan "Jamoa shartnomasi"ni 2021-yilda bajarilishi boʻyicha xisoboti berilib, ishchi-xodimlar tomonidan muhokama qilinib, barcha savollarga tegishli masʼullar tomonidan javoblar berildi.
Muhokamalardan soʻng 2020-2022-yillardagi jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi. Mehnat jamoasi hamda kasaba uyushma aʼzolari tomonidan maʼqullandi.
