Ana shunday kunlarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan farzand koʻrmagan sh oilalarning ishlovchi aʼzolarini bepul sogʻlomlashtirish maqsadida oʻtkazilayotgan Aksiyasi doirasida Federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy Kengashi tomonidan Navoiyazot AJ lobaranti Rasulova Maftuna, Qiziltepa tuman SEO va JS boʻlimi parazitolog yordamchisi Sotibova Nilufar hamda Karmana tuman 20-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshirasi Zairova Madinalarga oʻz sogʻliklarini tiklashlari uchun kasaba uyushmalari tizimidagi "Umid gulshani” sanatoriysiga bepul yoʻllanmalar berildi.
Ijtimoiy sugʻurta boʻlimi mudiri
Z.Mislimov